Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Superliga. «Bunyodkor» qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi

Superliga. «Bunyodkor» qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliganing 17-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

O‘tgan turning markaziy bahsida mag‘lubiyatga uchragan «Bunyodkor» o‘z uyida «Metallurg»ni qabul qildi. Qiyin uchrashuvda muhim g‘alaba qo‘lga kiritdi. O‘yinda katta ustunlikka ega bo‘lgan futbolchilarimiz raqib himoyachsini yorib o‘tishga qiynaldi, ayniqsa birinchi bo‘limda. Tanaffusdan keyin o‘zgartirilgan taktika sababli futbolchilarimiz Aleksandr Lobanov qo‘riqlagan darvoza oldida ko‘p marta paydo bo‘lishdi. Nihoyat 75-daqiqada ketma-ket uyushtirilgan hujumlar o‘z samarasini berdi. Avvaliga katta tezlikda o‘ng qanotdan jarima maydoniga yaqinlashgan Javohir Qahramonov kuchli, burama zarbasi bilan darvozani nishonga oldi. To‘p ustunga tegib maydonga qaytdi. Qaytgan to‘pga hammadan oldin yetib kelgan Xurshid G‘iyosov yengil harakatlari bilan to‘pni oyog‘iga mosladi va darvozani nishonga oldi. Mazkur gol yakunda o‘yin taqdirini hal qildi.

Coca Cola Superliga. 17-tur
«BUNYODKOR» - «METALLURG» - 1:0 (0:0)
18 avgust. Toshkent. «Jar» stadioni. 2162 tomoshabin.
Bosh hakam: Vadim Agishev.
Qanot hakamlari: Temur Gaynullin, Doniyor Saylavov.
Zaxiradagi hakam: Shuhrat Rajabov.
Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘ayev.
Komissar: Zohir Akramxonov.
«Bunyodkor»: Abdumavlon Abdujalilov, Anvar G‘ofurov, Dilshod Ahmadaliyev, Xurshid G‘iyosov, Lutfulla To‘rayev, Mirjahon Mirahmadov (Javohir Qahramonov, 67), Sanjar Qodirqulov (Boburbek Farhodov, 82), Nurillo To‘xtasinov, Shohruh Gadoyev, Abdulla Abdullayev, Sanjar Tursunov (Sanjar Rixsiboyev, 73).
«Metallurg»: Aleksandr Lobanov, Abbosjon Otaxonov, Suhrob Nurilloyev, Bahrom Abdurahimov, Muzaffarjon Muzaffarov, Xudoyshukur Sattorov (Ibrohim Yo‘ldoshev, 80), Kamoliddin Tojiyev (Server Jeparov, 54), Stanislav Andreev, Akbarjon Ismatullayev, Bahodir Pardayev, Andrey Shipilov (Shavkatjon Mullajonov, 75).
Gol: Xurshid G‘iyosov, 75 – 1:0.
Ogohlantirish: Mirjahon Mirahmadov, 48.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 22:37, 18.08.2019.
O'qildi: 2118 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик