Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 00:00 Kristal Pelas - Manchester Siti
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl

Rasman: «Manchester Siti» hujumchisini Bundesliga klubiga sotdi

Rasman: «Manchester Siti» hujumchisini Bundesliga klubiga sotdi

Baho:
+ | -

18 yoshli qanot hujumchisi Reygan Xeski faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettiradi. «Manchester Siti» vingeri «Kyoln» klubiga o‘tdi. Bu haqdagi ma’lumotlar Germaniya jamoasining rasmiy saytida paydo bo‘ldi.

Xeski «echkilar» tarkibida 2031 yilning yoziga qadar to‘p suradi — uning mehnat shartnomasi aynan shu muddatga mo‘ljallangan. Mish-mishlarga ko‘ra, «Manchester Siti» o‘z tarbiyalanuvchisi uchun ikki million yevro ishlab oladi.

«Shaharliklar» yoshlar jamoasi tarkibida Xeski o‘tgan mavsumda 40 ta o‘yinda ishtirok etdi. Uning hisobida 13 ta gol va 16 ta golli uzatma mavjud. Ingliz hujumchisi asosiy jamoa libosida atigi bir marta — Angliya liga kubogi doirasidagi «Xaddersfild»ga qarshi o‘yinda yetti daqiqa maydonda harakat qilgan.

Kiritildi: 19:01, 18.07.2026.
O'qildi: 3897 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик