Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

"Paxtakor" - "Surxon". O‘zbekiston Kubogi prevyusi

"Paxtakor" - "Surxon". O‘zbekiston Kubogi prevyusi

Baho:
+ | -1

22 avgust kuni O‘zbekiston Kubogi chorak finalida "Paxtakor" "Surxon"ni qabul qiladi.

Kubokni eng ko‘p qo‘lga kiritgan jamoa hisoblangan "Paxtakor" ushbu musobaqada 12-sovrini uchun yurishni chorak finalda davom ettiradi. "Surxon" bilan jamoamiz 2003 yil kubok bahslarida to‘qnash kelgan. O‘shanda Termizda 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan "Sherlar" Toshkentda ushbu raqibni 7:1 hisobida tor-mor etishgandi. O‘sha mavsumda "Paxtakor" kubokka ega chiqqan.

Avvalgi bosqichda jamoamiz "Yashnobod"dan 5:0 hisobida ustun keldi. Termizliklar esa o‘z maydonida "Lokomotiv"ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi. Toshkentda "Surxon"ga qarshi oxirgi o‘yin 2004 yil chempionat doirasida bo‘lib o‘tgan. O‘shanda "Paxtakor" 8:0 hisobida g‘alaba qozongan. 15 yildan keyin jamoalar yana poytaxtda to‘qnash kelishadi.

"Paxtakor" va "Surxon" o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi chorak final o‘yini "Paxtakor" stadionida 22 avgust, payshanba kuni soat 19:00da boshlanadi.

"PAXTAKOR" - "SURXON"
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Husniddin Shodmonov, Aleksandr Burov, Husan Muzaffarov.
Nazoratchi: Oleg Dachev.
Komissar: Zohirjon Akramxonov.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 10:42, 20.08.2019.
O'qildi: 3216 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.