Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Ronaldu yangi mavsum oldidan chiroyli nutq so‘zladi

Ronaldu yangi mavsum oldidan chiroyli nutq so‘zladi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, kelayotgan shanba kuni Italiya chempionati start oladi. «Yuventus» birinchi turda «Parma»ga qarshi maydonga tushadi. Yangi mavsum oldidan Ronaldu va Sarri o‘z  «Yuventus» telekanli uchun intervyu berdi. Ushbu intervyularni sizlarga ilindik.

Sarri

Odatda mavsumni yomon boshlayman, lekin «Chelsi» bundan mustasno. Adashmasam, London klubi bilan APL startidagi g‘alabalar bo‘yicha rekod qo‘ygan edim. Italiyada hammasini boshlab olish biroz mushkulroq.

Transferlar haqidagi savollar bizni charchatib yubordi. Hozirda jamoamizdagi 6 ta futbolchini sotib yuborish haqida bosh qotiryapmiz. Gap shundaki, ularning barchasini YECHL o‘yinlari uchun ro‘yhatdan o‘ktaza olmaymiz. Bu meni juda og‘ir vaziyatga solib qo‘ymoqda. Transfer oynasining so‘nggi kunlari biz uchun juda og‘ir o‘tishi kutilmoqda, sababi yuqori darajadagi futbolchilarni klubdan qo‘yib yuborish juda yoqimsiz holat. Dibala borasida hech narsa deya olmayman. Hozirda uning sport formasi yuqori darajada emas. Balki shu sababli u biz istagandek «aldamchi to‘qqizlik» pozisiyasida harakatlana olmayapti.  Unda biz istagan hamma narsa bo‘lsada, qaror qabul qilishdan oldin o‘ylab olishimiz lozim. Tan olish lozim, Dibala haqida uzoq so‘zlashim mumkin, biroq bu hech narsani o‘zgartirmaydi. Afsuski, 6 ta futbolchi bilan istamasakda hamkorlik qila olmaymiz. Biz qanchalar uni jamoada qolishini istamaylik YECHL uchun 22 ta o‘yinchinigina ro‘yhatdan o‘tkaza olamiz. Bu futbolchilarning 3 tasi darvozabon bo‘lishini inobatga olsak, meni ahvolimni bir tasavvur qilib ko‘ring! Yangi mavsum oldidan «Yuventus» o‘z oldiga barcha musobaqalarda g‘olib chiqishni maqsad qilib qo‘yishi hech kimga sir emas. Bu osonlik bilan qo‘lga kiritilmasada, men jamoamdan treblni kutyapman. Ronaldu biz istagan futbolchi. U istalgan pozisiyada to‘p sura oladigan kam sonli futbolchilardan biri. Umid qilamanki, aynan uning hizmatlari evaziga biz uzoq kutilgan musobaqada g‘olib bo‘lamiz. To‘g‘risi uning maydonda Iguain bilan birgalikda to‘p surishi menga manzur bo‘ldi. Bu ikki futbolchi yangi mavsumda bizning asosiy hujumchilarimizga aylanadi.

Ronaldu

O‘tgan mavsumda biz chakki o‘ynamadik va ikkita sovringa ega chiqdik. Shunday bo‘lsada, yangi mavsumda barchasi boshqacha bo‘ladi. Men «Manchester Yunayted» va «Real Madrid» safida YECHLda g‘olib chiqqanman va bilamanki, endi navbat «Yuvnetus» libosidaham ushbu sovrinni boshim uzra ko‘tarish vaqti keldi. Aynan YECHL yangi mavsum oldidan bizning asosiy nishonimiz bo‘ladi. Bu so‘zlarim bilan Italiya chempionati men uchun ahamiyatsiz demoqchi emasman, aksincha biz chempionlik uchun kurashdan charchamaymiz.

Yangi mavsum oldidan anchagina kuchayib oishga muvaffaq bo‘ldik. Jamoamizga kuchli futbolchilar va yangi murabbiy keldi. O‘ylaymanki, yangi murabbiyimiz bizga chempionlik uchun qanday yo‘l bosib o‘tishimiz lozimligini uqtiradi. Men o‘z ustimda tinmay ishlayapman. Asosiy maqsadim jamoam uchun katta naf keltirish.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 22:01, 20.08.2019.
O'qildi: 12506 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.