Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Toshkentda o‘smirlar futboli bo‘yicha FIFA elit kurslari bo‘lib o‘tdi

Toshkentda o‘smirlar futboli bo‘yicha FIFA elit kurslari bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mamlakatimizda bolalar va o‘smirlar futbolini yanada rivojlantirish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Jumladan, 19 avgust kuni “Chig‘atoy” sport bazasida bolalar va o‘smirlar futboli bo‘yicha FIFA elit kurslari start olgan edi. O‘FA hamda FIFA hamkorlikda tashkil etgan mazkur kurslarni FIFA va OFK instruktori, OFK tehnik konsultanti Islom Ahmedov olib bordi.

O‘quv jarayoni o‘z ichiga amaliy va nazariy mashg‘ulotlarni qamrab oldi. Qolaversa, guruhlarda ishlash hamda umumiy tahlil jarayoni ham o‘tkazildi.

Ushbu kurslardan ko‘zlangan asosiy maqsad – yurtimizda bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirish, qolaversa mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan futbol akademiyalari samaradorligini yanada oshirish sanaladi.

Shu boisdan kurslarda O‘FA qoshidagi futbol akademiyalari tehnik direktorlari, shuningdek, klublar qoshida faoliyat olib borayotgan futbol akademiya va maktablari direktorlari ishtirok etishdi.

Kecha o‘smirlar futboli bo‘yicha FIFAning elit kurslari yakunlandi. Kurs qatnashchilariga sertifikatlarni O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov topshirdi.

Ushbu kurslarda tahsil olgan mutaxassislar yangi ko‘nikmalarini endilikda o‘z ish faoliyatlarida tatbiq etishadi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 16:28, 24.08.2019.
O'qildi: 1412 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик