Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

APL. «Arsenal» «Enfild»dan quruq qo‘l bilan qaytdi

APL. «Arsenal» «Enfild»dan quruq qo‘l bilan qaytdi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 3-turi doirasida markaziy o‘yin "Enfild" stadionida bo‘lib o‘tdi. "Liverpul" o‘z maydonida "Arsenal"ni qabul qilib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvdagi hisob boshqacha bo‘lishi mumkin edi, agar londonliklar birinchi bo‘limdagi imkoniyatlardan foydalana olishganida. Mezbonlar dastlabki 45 daqiqalikda raqibga gol urish 2ta imkoniyatni taqdim etishdi. Adrian oldinga chiqib, to‘pni tepib yuborishda xatoga yo‘l qo‘ydi, ammo to‘pni egallab olgan Obameyang bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol eta olmadi. "Kanonirlar"ning yangi hujumchisi Nikolya Pepe esa yakkama-yakka vaziyatda "Liverpul" posbonini dog‘da qoldira olmadi.

Mersisaydliklar ham birinchi taymda imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Bahsning 41-daqiqasida kelib mezbonlar "standart"dan hisobni ochishdi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani Matip bosh bilan mehmonlar darvozasiga joylab qo‘ydi.

"Liverpul" ikkinchi bo‘limni ancha faol boshlab, amalda o‘yin taqdirini hal qilib qo‘ydi. Dastlab David Luis o‘z jarima maydoni ichida Salohning futbolkasidan tortib qolgani uchun penalti belgilandi. Misrlik futbolchi bu imkoniyatdan samarali foydalandi. Oradan ko‘p o‘tmasdan Muhammadning o‘zi "dubl"ni rasmiylashtirdi. Saloh David Luisni aldab o‘tib ketib, jarima maydoniga kirib bordi va chap oyoqda olis burchakni aniq nishonga oldi.

O‘yinning so‘nggi daqiqalarida londonliklar yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi. Obameyang tomonidan yetkazilgan uzatmani Lukas Torreyra 11 metrli nuqta ustida qabul qildi va zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi.  

Shu tariqa, "Arsenal"ning "Enfild"dagi g‘alabasiz o‘yinlari soni 9taga yetdi. "Liverpul" esa 9 ochko bilan peshqadamlik qilishda davom etadi.

Angliya premyer-ligasi, 3-tur
"LIVERPUL" - "ARSENAL" 3:1 (1:0)
Gollar: 1:0 – 41 Matip, 2:0 – 49, penalti Saloh, 3:0 – 58 Saloh, 3:1 – 85 Torreyra.
Liverpul – Adrian, van Deyk, Aleksander-Arnold, Robertson, Matip, Veynaldum (Milner, 69), Fabinyo, Xenderson, Mane (Oksleyd-CHemberlen, 77), Firmino (Lallana, 86), Saloh.
Arsenal – Leno, Monreal, David Luiz, Papastatopulos, Meytlend-Naylz, Genduzi (Mxitaryan, 86), Jaka, Sebalyos (Torreyra, 61), Uillok (Lyakazett, 81), Pepe, Obameyang.
Ogohlantirishlar: David Luiz (48), Fabinyo (90), van Deyk (90+3)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:20, 24.08.2019.
O'qildi: 3854 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик