Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bugun Toshkentda yig‘in boshlaydi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bugun Toshkentda yig‘in boshlaydi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 6-13 sentyabr kunlari qo‘shni Qirg‘izistonning Qorako‘l shahrida o‘tkaziladigan “Umid kubogi-2019” xalqaro musobaqasida ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.

Mazkur musobaqa oldidan futbolchi qizlarimiz Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib borishadi. Poytaxtimizdagi yig‘in 27 avgust – 5 sentyabr oralig‘ida tashkil etiladi. Bundan tashqari ushbu yig‘in doirasida 2 ta o‘rtoqlik o‘yini ham o‘tkaziladi. Terma jamoamizga Hindiston ayollar milliy terma jamoasi raqiblik qiladi. Dastlabki uchrashuv 30 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi. Ikkinchi o‘yin esa 2 sentyabr kuni o‘tkaziladi.

Har ikki uchrashuv ham “Yakkasaroy” stadionida soat 17:00da start oladi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 09:41, 27.08.2019.
O'qildi: 2050 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик