Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Aziz To‘xtaboyev: “Biz uchun hozir har bir o‘yin finalga teng”

Aziz To‘xtaboyev: “Biz uchun hozir har bir o‘yin finalga teng”

Baho:
+ | -

Coca Cola superligasi 18-tur “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo‘qon-1912” bosh murabbiy vazifasini bajaruvchisi Aziz To‘xtaboyev qatnashdi.

- Bugungi uchrashuv haqida aytadigan bo‘lsam, oson o‘yin bo‘lmadi. Avvaldan “Nasaf” ko‘proq qarshi hujumda xavfli o‘yin namoyish etishini bilgan holda, beshta himoyachi bilan harakat qilgandik. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz unchalik qovushmadi. Hujumlarimiz o‘xshamay qoldi. Ikkinchi bo‘limda raqibga nisbatan yaxshiroq to‘p surdik, ko‘plab golli vaziyatlar yaratdik. Natijada Xolmuhammedovning individual mahorati evaziga g‘alaba qozondik.

Asosiy maqsadimiz bugun gol o‘tkazib yubormaslik edi. Negaki, o‘z maydonimizda xato qilishga haqqimiz yo‘q. Biz uchun hozir har bir o‘yin finalga teng. Turnir jadvalidagi o‘rnimiz shuni taqozo qiladi. Bugungi o‘yinga maxsus reja bilan maydonga tushgandik.

Bugungi g‘alabamiz Qo‘qon halqiga mustaqillik bayrami oldidan o‘ziga xos sovg‘a bo‘ldi. Barcha muxlislarimizni kelayotgan mustaqillik bayrami bilan tabriklayman . Ularga bizni qo‘llab turishgani uchun cheksiz minnatdorligimni bildiraman .

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 21:34, 27.08.2019.
O'qildi: 2269 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик