Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Svetlana Radzivil «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi

Svetlana Radzivil «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Unda yurtimiz sporti rivoji yo‘lida o‘z xissalarini qo‘shib kelayotgan bir qator sportchi va murabbiylar ham quyidagi davlat mukofotlariga sazovor bo‘lishdi:

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”
Radzivil Svetlana Mixaylovna – Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”
Ziyoyev Ural Abulqosimovich – Oqdaryo tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabi yunon-rum kurashi bo‘yicha katta murabbiyi, Samarqand viloyati

Mirzayev Abdirashid – Chiroqchi tumanidagi “Abdirashid polvon Mirzayev” kurash klubi treneri, Qashqadaryo viloyati

“Do‘stlik” ordeni bilan
Vasilyeva Irina Anatolyevna – Sport yakkakurashlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi qilichbozlik bo‘limi murabbiyi

Kabinov Istam Ashurovich – Kogon shahridagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi boks sport turi treneri, Buxoro viloyati

Xudoyarov Solijon Azimovich – Farg‘ona viloyati sport yakkakurashiga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi taekvondo bo‘limi o‘qituvchisi

Shubin Vyacheslav Yegorovich – suv sporti turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabining baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘limi treneri, Toshkent shahri

“Shuhrat” medali bilan
Bazarbayev Polat Joldasbayevich – Nukus shahridagi 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabining karate sport turi bo‘yicha o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan sportimiz jonkuyarlarini muborakbod etadi va kelgusidagi faoliyatida ham omad va zafarlar tilab qoladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:57, 29.08.2019.
O'qildi: 2223 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик