Ispaniya chempionatida eng ko‘p maosh to‘laydigan jamoa — "Barselona". Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar bir yilda o‘z futbolchilariga umumiy miqdorda 671 million yevro maosh to‘laydi. "Real"ning bu boradagi ko‘rsatkichi 30 million yevroga kam — 641 million yevro.
"Atletiko" to‘laydigan maoshlar miqdori 348,5 million yevroga teng. Keyingi pog‘onalarni "Sevilya" (185) va "Valensiya" (171) klublari egallab turishibdi.
Bir yil avval mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha "Barselona" va "Real" klublari o‘rtasidagi farq 66,5 million yevroni tashkil qilgan edi.