Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Eng kulguli transferlar

Eng kulguli transferlar

Baho:
+ | -

Futbol olamida transferlarning tutgan o‘rni beqiyos. Top klublar o‘zi istagan futbolchini qo‘lga kiritish uchun millionlarni ayamayotgani so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Shunday bo‘lsada, transfer chog‘ida qiziqarli va kulguli holatlar ham uchrav turadi. Bugun ana shunday transferlar haqida so‘z boradi.

Ali Dia

1965-yilda tavvalud topgan Ali Dia 31 yoshida APLda debyut uchrashuvini o‘tkazgan. Buni nimasi qiziq degan savol paydo bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, 1996-yilda, «Sautgempton» jamoasi bosh murabbiyi Grem Sunesga o‘zini «oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgan Liberiyalik Jorj Vea deb tanishtirgan kimsa qo‘ng‘iroq qiladi va juda iqtidorli jiyanini tavsiya etadi. Qo‘shimchasiga uning terma jamoada 11 ta uchrashuvda maydonga tushganini qo‘shib qo‘yadi.
Mashxur futbolchi tomonidan tavsiya etilgan futbolchi bilan bir oylik shartnoma tuziladi. Yangi futbolchini APL doirasidagi «Lids»ga qarshi baxsda sinab ko‘rgan Grem Sunes o‘sha kuniyoq futbolchi bilan shartnomani bekor qiladi va uni jamoadan haydab yuboradi. Qiziquvchan ingliz jurnalistlari futbolchining keyingi faoliyati qanday davom etganini bilishga intilsalarda, birorta ma’lumot topa olishmaydi.

Ian Rayt

1985-yilda yosh va iqtidorli futbolchini qo‘lga kiritish uchun «Kristal Pelas» hozirgi zamon nigohi bilan qaraganda juda kulguli yo‘lni tanlaydi.
Jamoa quyi ligadagi klubga futbolchi uchun bir nechta gantel va turli xildagi tarozilarni yetkazib beradi. Keyinchalik futbolchi o‘z o‘yini orqali butun Britaniyani hayratda qoldirgan bo‘lsada, uning ilk transfer summasi gantel va tarozi ekanligi faktligicha tarixda qoldi.

Sedrik Mabvati

2013-yilda «Numanciya» klubi o‘z futbolchisini «Betis» klubiga 1 yevro va 20 sent evaziga pullagani haqida eshitganmisiz?

Sedrik «Numanciya» jamoasi bilan shartnoma tuzayotganida Ispaniya klublaridan istaganiga bepul o‘tishga haqli ekanligi haqida band kiritgan edi. 2013-yilda futbolchiga «Betis» og‘iz solidi va «Numanciya» uni qo‘yib yuborishga majbur bo‘ladi. Oqibatda, «Numanciya» Ispaniya futbol federasiyaga futbolchi sotgani bois, 1,2 yevro badal puli to‘lashga majbur bo‘ladi. Bu pulni Sedrikning o‘zi to‘laganmi yoki «Betis» jamoasimi? Bu savol javobsiz qolib ketdi.

Mariush Choara

2006-yilda futbol tarixidagi eng kulguli transferlardan biri amalga oshdi desak, adashmagan bo‘lamiz

«Ut Arad» jamoasi o‘z futbolchisini «Regal» jamaosiga 20 kilogram kolbasa evaziga pullaydi. Eng qizig‘i shundaki, ruminiyalik futbolchi yangi jamoasiga kelib qo‘shilishi bilan uning transferi haqidagi ma’lumot butun futbol olamiga yoyilib ketadi. Oqibatda, futbolchi tinimsiz hazillar va kulguli memlarning bosh qahramoniga aylanib qoladi.
Eng achinarlisi shundaki, katta bosim ostida qolib ketgan futbolchi 25 yoshida butsalarini mixga ilishga qaror qiladi va u haqidagi boshqa hech qanday ma’lumot olishning iloji bo‘lmay qoldi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:04, 10.09.2019.
O'qildi: 16356 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.