Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Monpelye 1-1 Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad 0-1 Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem 2-2 Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas 0-2 Jirona
27/04 18:00 Lechche 1-1 Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted 1-1 Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton 2-1 Luton
27/04 19:00 Fulhem 1-1 Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl 5-1 Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya 1-3 Xetafe
27/04 21:00 Yuventus 0-0 Milan
27/04 21:30 Everton 1-0 Brentford
27/04 21:30 Alaves 3-0 Selta
27/04 23:45 Lasio 1-0 Verona
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston - O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter - Torino
28/04 16:00 Mets - Lill
28/04 16:00 Tailand - Eron
28/04 17:00 Kadis - Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem - Arsenal
28/04 18:00 Bornmut - Brayton
28/04 18:00 Loryan - Tuluza
28/04 18:00 Klermon - Reyms
28/04 18:00 Strasbur - Nissa
28/04 18:00 Bolonya - Udineze
28/04 19:15 Granada - Osasuna
28/04 20:05 Renn - Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli - Roma
28/04 21:00 Atalanta - Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion - Monako
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya

Grand klublarda iste’fo yaqin

Grand klublarda iste’fo yaqin

Baho:
+ | -

Zamonaviy futbolda murabbiylarning tutgan o‘rni beqiyos. Darhaqiqat, aynan ular targ‘ib qiladigan o‘yin falsafasi jamaoning natijalariga to‘g‘ridan-to‘gri ta’sir o‘tkazadi. Natijalar ko‘ngildagidek bo‘lmasa, demak jamoa murabbiyi o‘z o‘rnini boshqasiga bo‘shatib berishi mumkin. Sezganingizdek, bugun iste’fosi yaqin bo‘lib borayotgan murabbiylar haqida so‘z boradi.

Zidan

Qanchalar g‘alati tuyulmasin, biroq Zidanning iste’fosi tobora yaqinlashmoqda. Murabbiy jamoasiga 3 bor YECHL g‘olibligini taqdim etgan bo‘lsada, bu «Real Madrid» jamoasi va u yerda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

Zidan jamoaga qaytganidan so‘ng, deyarli hech narsa o‘zgargani yo‘q. U hali-hamon eski tarkibga suyanmoqda. Jamoaning yosh futbolchilari esa, yozda klubni tark etdi. Muxlislar esa, Zidanning g‘alabari zamirada Ronalduning mehnatlari yotganini tobora ko‘proq xotirlashmoqda. Yangi mavsumda Zidan va Perez o‘rtasida janjallar yuz bergani hech kimga sir emas. Perez Pogbani harid qilmadi, Hames va Beylni tarkibda olib qoldi. Shu yo‘sinda klubda kimning so‘zi o‘tishini ommaga ko‘rsatib qo‘ydi. Agarda voqealar shu tempda ketsa, Zidan «Real Madrid»da uzoq qolmasligi aniq. «Goal 24» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Joze aynan Zidanning ishdan ketishini kutmoqda. Murabbiy «Real Madrid»dan taklif kutgani bois barcha takliflarni rad etmoqda. Ko‘ramiz, voqealar rivoji qanday ko‘rinish oladi.

Ernesto Valverde

Ernesto ikki bor sharmandali mag‘lubiyatlar sababli YECHLdan chiqib ketgan bo‘lsada, unga klub ishonishda davom etmoqda. Shunga qaramay murabbiyning kamchiliklari juda ko‘p. Uning qo‘l ostida akademiyadagi yoshlar yangi darjaga ko‘tarila olmayapti, klubga kelgan yangi futbolchilar esa umuman moslasha olmayapti, butun jamoaning o‘yini Messi atrofida qurilgani bois, argentinalik ishtirok etmagan uchrashuvlarda jamoa o‘zini yo‘qotib qo‘ymoqda. Umuman olganda, Valverde uchun bu so‘nggi imkoniyat. Klub uning iltimosiga binoan yangi mavsum uchun kuchli futbolchilarni harid qildi. Agarda, natija va o‘yin yangi darajaga ko‘tarilmasa, murabbiy mavsum so‘ngiga qadar ham yetib bormasligi mumkin.

Niko Kovach

«Bavariya» jamoasi uning qo‘l ostida o‘tgan mavsumda qiyinchilik bilan chempionlikka erishgan bo‘lsa, yangi mavsumdagi «super kubog» bahsida «Borussiya Dortmund»dan qahshatqich zarbani qabul qilib oldi.

Niko Kovach targ‘ib qilayotgan futbol klub muxlislari tomonidan zerikarli deb atalsada, uning mashg‘ulotlarda yordamchilari bilan xorvat tilida so‘zlashayotgani hammaning g‘azabini keltirmoqda. Shunga qaramay Rahbariyat unga ishonishda davom etmoqda. Jamoaning avvalgi darjasiga chiqishi uchun yozda klub bir nechta super haridlarni amalga oshirgan klub Kovachga so‘nggi imkoniyatni taqdim etmoqda.

Agarda, natijalar nemislar kutganidek bo‘lmasa, Niko Kovach tez orada o‘z o‘rnini bo‘shatib berishiga to‘g‘ri keladi. Uning o‘rnini egalashi mumkin bo‘lgan bir nechta yosh va iqtidorli murabbiylar mavjud.

Tomas Tuxel

Ko‘plab g‘arb nashrlarining yozishicha, Tomas top murabbiylar sirasiga kirmaydi. To‘g‘ri u yulduz futbolchilar uchun maydonda pozisiya tanlashda adashmasligi mumkin, biroq o‘yin paytida vaziyatni tubdan o‘zgartirib yubora oladigan darajda mahoratli emas. Ayniqsa, o‘tgan mavsumda «Manchester Yunayted»dan qabul qilib olingan mag‘lubiyatning bosh sababchisi ham aynan Tuxel ekani hech kimga sir emas.  

Uning Fransiyadagi yutuqlari esa, raqobatsizlik mahsuli deb baholanmoqda. Bundan tashqari, PSJ klubining yulduzlari murabbiyni deyarli hurmat qilishmaydi va uning ko‘rsatmalari har doim ham amalda qo‘llanilmaydi. Boz ustiga, klubdagi ichki muhit achinarli xolatga kelib qolgan. Agarda klub YECHLdagi o‘yinlarda o‘zini ko‘rsata olmasa, Tomas Tuxelni klubda olib qolishdan hech qanday naf yo‘q.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:57, 12.09.2019.
O'qildi: 13326 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.