Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Erkinjon Turdimov «Dinamo» jamoasi bilan uchrashdi

Erkinjon Turdimov «Dinamo» jamoasi bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Bugun, 12 sentyabr kuni “Dinamo” futbol klubi qarorgohida Samarqand viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Erkinjon Turdimov, klub homiylari va rahbariyati hamda “Dinamo” jamoasi ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Xabaringiz bor, mavsumning dastlabki qismini muvaffaqiyatli o‘tkazgan “Dinamo” jamoasi ikkinchi davrani muvaffaqiyatsiz boshladi. Ketma-ket mag‘lubiyatlar nafaqat muxlislarni balki klub rahbariyatini ham e’tiboridan chetda qolayotgani yo‘q.

- “Dinamo” jamoasining Superliga ikkinchi davrasida qayd etayotgan natijasi va bugungi vaziyatini yaxshi deb bo‘lmaydi. Buni men kabi siz futbolchilar va murabbiylar ham yaxshi tushunib turibsiz. Bugun siz bilan uchrashuvdan maqsad so‘nggi mag‘lubiyatlarni tahlil qilish, kimnidir xafa qilish yoki aybdorga chiqarish emas, ochiq suhbat shaklida gaplashib olib, vaziyatni o‘nglash uchun muammolarni tinglash, qo‘ldan kelgancha yordam berish, sizlarni qo‘llab-quvvatlashdir” – deya so‘zladi Erkinjon Turdimov.

“Hech kimga sir emas, aksariyat shahar va viloyat klublarida bor bo‘lgan yirik homiy tashkiloti bizda yo‘q. Ammo, Samarqandda futbolning fidoiy va jonkuyar homiylari bor. Shu bois “Dinamo”ni xalq jamoasi deyish mumkin. So‘nggi mag‘lubiyatlar tufayli homiylarning qo‘li biroz sovugandir, ammo hozir shunday muhim pallaki, barchamiz vaziyatni yaxshilashimiz shart. Tez kunlarda “Dinamo” klubi oldidagi moliyaviy holatni bartaraf etamiz, bu borada hech qanday muammo bo‘lmaydi.

Ketma-ket muvaffaqiyatsizliklardan keyin jamoa bosh murabbiyi Davron Fayziyev kechirilmas mag‘lubiyatlar bo‘lganligini aytib, mendan iste’foga chiqishga ruxsat so‘radi. Ammo biz rad etdik, murabbiylarga, futbolchilarga ishonch bildirishda davom etishimizni bildirdik. Biz hech kim bilan xayrlashmoqchi emasmiz. Sababi, mavsum boshidagi qiyin pallada aynan Davron Fayziyev qo‘l ostidagi siz futbolchilar bilan birinchi davrani muvaffaqiyatli o‘tkazgandik. Muxlislarning fikridan ham xabarim bor. Futbolda omadsizliklar tufayli, mag‘lubiyatli davr ham bo‘lishini barchamiz bilamiz, tushunamiz. Barchasi o‘z qo‘limizda, ortga yo‘l yo‘q. Endi so‘nggi o‘yinlardagi omadsizliklarni butkul unutib, yaxshi va ishchan kayfiyatda tayyorgarlik ko‘rib, minglab muxlislarni xursand etish uchun bor kuch va imkoniyatni sarflash kerak. Ishonamanki, chempionatdagi hozirgi qiyin vaziyatdan ham barchamiz bir jamoa bo‘lib, chiqib keta olamiz” – dedi viloyat hokimi.

Yig‘ilishda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov “Dinamo” bosh murabbiyi Davron Fayziyev, klub bosh menejeri Ilhom Sharipov va futbolchilar fikri bilan ham qiziqdi. Uchrashuv yakunida jamoani ruhan qo‘llab-quvvatlab, keyingi o‘yinlarda omad va zafarlar tiladi.

“Dinamo” klubi matbuot xizmati.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 21:50, 12.09.2019.
O'qildi: 4003 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик