Kirish Ro'yxatdan o'tish

La liga. «Barselona» «Valensiya»ga imkoniyat qoldirmadi (videosharh)

La liga. «Barselona» «Valensiya»ga imkoniyat qoldirmadi (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 4-turi doirasida markaziy o‘yin bo‘lib o‘tdi. "Barselona" o‘z uyida "Valensiya"ni yirik hisobda mag‘lub etdi.

Kataloniyaliklar uchrashuvni juda shiddat bilan boshlashdi. Ikkinchi daqiqada de Yongning uzatmasidan keyin Ansuman Fati hisobni ochdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib 16 yoshli futbolchi chap qanotdan jarima maydoniga kirib, 3 himoyachini ortda qoldirdi va uzatma berdi. Frenki de Yong yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi. 2:0.

Birinchi bo‘limning 31-daqiqasida "ko‘rshapalaklar" chiroyli hujum tashkil qilib, hisobni qisqartirishdi va o‘yinga intrigani qaytarishdi.

Ikkinchi bo‘limda ham maydon egalari tashabbusni o‘z tomonlarida saqlab turib, yaratilgan vaziyatlardan samarali foydalanishdi. Ayniqsa, zaxiradan maydonga tushgan Luis Suares ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘yin so‘ngida "Valensiya" ikkinchi to‘pni raqib darvozasiga joyladi. Yakuniy hisob — 5:2.

"Barselona" o‘z ochkolarini 7taga yetkazib, jadvalda 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ispaniya La ligasi, 4-tur
Barselona – Valensiya 5:2 (2:1, 3:1)
Gollar: 1:0 – 2 Fati, 2:0 – 7 de Yong, 2:1 – 27 Gameyro, 3:1 – 51 Pike, 4:1 – 61 Suares, 5:1 – 82 Suares, 5:2 – 90 Maksi Gomes.
Barselona – ter Stegen, Pike, Semedu, Langle, Alba, Buskets, Artur (Vidal, 73), Fati (Suares, 60), de Yong (Rakitich, 70), Karles Peres, Grizmann.
Valensiya – Sillessen, Gayya, Gabriel Paulista, Garay, Vass, Parexo, Koklen, Ferran Torres (Li Kan In, 67), Gedesh (Cherishev, 67), Rodrigo (Maksi Gomes, 72), Gameyro.
Ogohlantirishlar: Rodrigo (31), Alba (53), Li Kan In (69), Maksi Gomes (78), Cherishev (84).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:08, 15.09.2019.
O'qildi: 8932 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик