«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski Chempionlar Ligasining guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan «Srvena Zvezda»ga qarshi o‘yinda (3:0) gol urdi.
Shu tariqa polshalik hujumchi ketma-ket to‘rtinchi mavsumda Chempionlar Ligasining 1-turida to‘p kiritgan futbolchiga aylandi, deb xabar beradi Gracenote Live.
Shuningdek, 31 yoshli futbolchi ushbu o‘yinda «Bavariya» tarkibidagi 200-golini urdi. Buning uchun unga 249ta o‘yin kerak bo‘ldi.