Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

Azamat Abduraimov: Muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik

Azamat Abduraimov: Muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun U-16 Osiyo chempionati-2020 saralashi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Turkmaniston bilan bahs olib bordi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov o‘yindan so‘ng quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:

- Muhimi – biz bugun g‘alaba qozondik, 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Hech bir g‘alabaga osonlikcha erishayotganimiz yo‘q. Yigitlarimizga mag‘lub bo‘la turib xarakter ko‘rsata olganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman. Biz ularni jangovar ruhda o‘yinga tayyorlashga intilgan edik. Zero Turkmaniston Hindistonga yoki Bahraynga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lishi mumkin. Lekin qo‘shni bo‘lganimiz sabab biz bilan o‘yinda ular so‘nggi soniyalargacha kurash olib borishdi.

Bugun o‘tgan safargi o‘yin bilan solishtirganda tarkibda katta o‘zgarishlar qildik. Bundan ko‘zlangan maqsad o‘tgan gal maydonga tushmaganlarga o‘yin amaliyoti taqdim etish va yetakchilarga dam olish imkonini berish edi. Faqat 3 nafar yigitgina bugun ham maydonga tushdi. Himoya chizig‘ini to‘la yangiladik. Qolaversa, bizda kichik jarohatlar ham mavjud, - dedi mutaxassis.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 21:27, 20.09.2019.
O'qildi: 2173 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.