Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

«Bunyodkor» FK va Koreyaning «Suwan TPL» kompaniyasi hamkorlik aloqasini o‘rnatishdi

«Bunyodkor» FK va Koreyaning «Suwan TPL» kompaniyasi hamkorlik aloqasini o‘rnatishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kecha, 19 sentyabr kuni, «Bunyodkor» futbol klubi ofisiga Janubiy Koreyaning reytingi eng baland shirkatlari sarasiga kiruvchi «Suwan TPL» kompaniyasi rahbarlari tashrif buyurdilar. Tashrifdan maqsad, «Bunyodkor» FK va «Suwan TPL» kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘ldi. Uchrashuvda «Bunyodkor» futbol klubi rahbariyati, «Suwan TPL» kompaniyasi prezidenti Indi Jang, uning yordamchisi Teddi Kim va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekistonda farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi direktori Sardor Kariyev ishtirok etdilar.

Uchrashuv avvalida tomonlar farmakologiya va vitaminizasiya masalasi bo‘yicha «Bunyodkor» jamoasiga yetkazib berilayotgan vitaminlarning sifatini yanada oshirish, Janubiy Koreya klublarida yo‘lga qo‘yilgan darajaga chiqarishni muhokama qilishdi. Shunga ko‘ra, bundan keyin «Bunyodkor» futbol klubi Janubiy Koreya jamoalari darajasidagi vitaminizasiya bilan ta’minlanishiga kelishib olindi.

«Suwan TPL» kompaniyasi - O‘zbekistonga Koreya Respublikasidan xorijiy investisiyalar olib kirish bilan shug‘ullanadi. Mamlakatimiz biznes bozoriga birinchi marta qadam qo‘yadigan Janubiy Koreya kompaniyalariga konsalting bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatadi. Ya’ni «Suwan TPL» O‘zbekiston iqtisodiyotida hozirgi davrda eng dolzarb bo‘lib turgan masala, yurtboshimiz tomonidan alohida ustuvorlik bilan olib borilayotgan siyosat – chet eldan mamlakatimizga investisiyalar olib kirish sohasida O‘zbekiston-Janubiy Koreya aloqalarida bugunda birinchi raqamli kompaniya bo‘lib turibdi. E’tiborli jihati, kechagi uchrashuv chog‘ida «Suwan TPL» kompaniyasi bilan yaqin kelajakda «Bunyodkor»ga ikki tomonlama manfaatli bo‘lgan, tijorat yo‘nalishidagi koreys hamkorlarni topib berish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.

Mehmonlarga «Bunyodkor» futbol klubi haqida to‘liq ma’lumot beruvchi videoprezentasiya taqdim etildi. Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar stadion muzeyiga tashrif buyurishdi, «Bunyodkor» futbol klubi akademiyasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi, asosiy jamoaning mashg‘ulotini kuzatishdi.

«Umid qilamizki, ushbu uchrashuv «Bunyodkor» futbol klubi tarixida yangi bosqichni ochib beradi va yaqin kelajakda Janubiy Koreya kompaniyalari bilan ikki tomonlama manfaatli shartnomalar imzolanib, klubimiz o‘z faoliyatini kengaytiradi hamda zamonaviy darajaga ko‘tarilib boradi», - dedi mehmonlarning tashrifiga minnatdorchilik bildirar ekan «Bunyodkor» klubi bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev.

Manba: www.bunyodkor.com
Kiritildi: 21:43, 20.09.2019.
O'qildi: 1921 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик