Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Qaysi futbolchilarning narxi oshib ketdi?

Qaysi futbolchilarning narxi oshib ketdi?

Baho:
+ | -

Transfermarket nashri tomonidan futbolchilarning yangilangan narxlari e’lon qilinganidan xabaringiz bor. Unga ko‘ra, futbolchilarning qiymati borasida ayrim katta o‘zgarishlar yuz berdi. Bugun qisqa muddat ichida transfermarketda narxi ko‘tarilib ketgan futbolchilar haqida soz boradi.

Seballos



«Real Madrid»da zahirada o‘tirishni istamagan ispaniyalik yosh iqtidor egasining transfer qiymati so‘nggi kunlarda 15 million yevroga oshdi va hozirda 45 million atrofida baholanmoqda. APLdagi ishonchli o‘yinlari sababli bu summa yanada kattalashishi mumkin. Hozircha Sebalos kutilganidanda yaxshiroq to‘p surmoqda. «Arsenal» futbolchini sotib olish sharti bilan bir mavsumga ijaraga olgan  bo‘lsada, klub muxlislari uni ertaroq harid qilishlarini istashmoqda.

Meyson Maunt



«Derbi» va «Vites» klublarida ijara asosida to‘p surgan Maunt APL kashfiyotiga aylanib bormoqda. Uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi va maydonda unversalligi bois, terma jamoadan ham chaqiruv olishga muvaffaq bo‘lgani e’tiborga molik. «Chelsi»ning asosiy futbolchisi sifatida to‘p surayotgan futbolchining bir mavsum avvalroq transfermarketdagi narxi 10 million atrofida baholangan bo‘lsa, endilikda ushbu narx naqd 25 million yevroga ko‘tarilib ketdi. 20 yoshlik futbolchining o‘zi klubda qolishni istamoqda, demak uni qo‘lga kiritishni istagan klublar yanada ko‘proq to‘lashga majbur bo‘lishadi.

Ansu Fati

«Barselona» safidagi hujumchilarning jarohatlari tufayli katta futbolga ilk qadamlarini qo‘ygan o‘spirin bolakay haqida bundan 3 oy ilgari deyarli hech kim hech narsa bilmas edi.

O‘ziga bildirilgan ishonchni to‘liq oqlashni uddalagan futbolchining transfer qiymati o‘tgan mavsum so‘nggida 1 million yevro atrofida baholangan bo‘lsa, hozirda uni qo‘lga kiritishni istagan jamoa 30 millio yevrodan voz kechisi talab etiladi. Bu shunchaki Transfermarketning hisob-kitobi bo‘yicha xolos! Aslida bunday iqtidorli futbolchini qo‘lga kiritish uchun fantistik summalar taklif etilishi hech gap emas. Agarda Valverde Ansu Fati uchun mavsum so‘nggiga qadar o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish imkonini yaratib bersa, uning narxi yanada ko‘tarilishi turgan gap.

Joa Felish



Ronalduning vorisi sifatida alohida e’tiborda turgan portugaliyalik yosh iqtidor egasi, yangi mavsum startida o‘zini to‘liq ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lmoqda va jamoaning yangi yetakchisi ekanligini isbotlashga urunmoqda. Hujumning istalgan nuqtasida to‘p sura oladigan darajada universal futbolchi sanaladigan Felish barchani o‘ziga qaratishda davom etmoqda. Hozirda uning transfer bozoridagi narxi 100 million yevroni tashkil etmoqda. Bu bir necha oy avvalgi narxdan 30 million ko‘proq degani. Mana buni o‘sish desa, bo‘ladi. Agarda "Atletiko Madrid" Flishni yangi darajaga olib chiqishning uddasidan chiqsa, Felish kelajakda yeng qimmat futbolchilardan biriga aylanishi hech gap emas.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 04:28, 22.09.2019.
O'qildi: 11044 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.