Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

Bobur Akmalovdan kelishilgan o‘yinlar haqida keskin fikrlar

Bobur Akmalovdan kelishilgan o‘yinlar haqida keskin fikrlar

Baho:
+6 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bilasiz, fikrlarimni bildirish uchun menda turli maydonlar bor: radio, TV, ijtimoiy tarmoqlar. Hammasida ham ko‘pincha keskin fikrlar bildirib yuborishim bor gap. Ehtimol, bu mening kamchiligim. Yanayam bilmadim.

Yaqinda Milliy jamoamizning rasvo to‘pteparlari haqidagi fikrlarim qanchalar rezonans keltirib chiqardi, hatto yelkadoshim Jamoliddin Bobojonov menga jonli efirda "gaplaringizni isbotlab bering", deb salkam dag‘dag‘a qildi. Ayrimlar uchun o‘sha to‘pteparlar bunaqa fasod ishlarda qatnashmaydigan farishtalardir, biroq futbolchilarning ko‘pi ichki chempionatdagi kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etishganini inobatga olsak, men ularning mana shunday ishlarni qila olishiga ishonaman. Siz esa ishonasizmi, yo‘qmi, o‘zingiz bilasiz.

Yana keskinlashaman, aytib qo‘yay.
Mo‘minjonov ishi yodingizdami? Undan keyin Proliga jamoasidagi bir qancha shaxslar qing‘irliklarda ayblangani-chi? Etika qo‘mitasi degan qo‘mita bor edi, o‘sha qo‘mita ana shu chirkinliklarni ochib tashladi. Endi u qo‘mita yo‘q. Avvalgi rahbariyat bilan birga yo‘q bo‘ldi. Chirkinliklar tugadi deysizmi?

Biz biron gap gapirsak, isbot talab qilishadi. Mirsodiqov, Mo‘minjonov va boshqa kamyob isbotlangan ishlar isbot emasmi, fakt emasmi? Futbolimiz shaffof va tozami? Nega unda birinchi davrani yaxshi o‘tkazgan Dinamo ketma-ket 8 o‘yinda yutqazadi? Nega Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi Andijondagi spektaklda, keyinroq esa o‘z uyida oxirgi o‘rinda borayotgan Buxoroga mag‘lub bo‘ladi-yu, peshqadamlar bilan jonini jabborga berib o‘ynaydi? Bechora muxlis anqov - jamoasi autsayderga mag‘lub bo‘lganini zumda unutvoradi, sababi uning sevimli jamoasi grand jamoaga qarshi zo‘r o‘ynab bergan. Bu chalg‘itish usuli deyiladi. Biror mard yo‘qki, Ashurmatov, Berdiyev, Fayziyev va yana boshqa kouchlarning giribonidan olib, mana bunday tikka savol bersa: nega jamoamiz avvaliga yaxshi o‘ynab turadi, ochkolar yig‘ib olib, ligadan tushib ketmasligiga ko‘zi yetgandan so‘ng mag‘lub bo‘la boshlaydi?

Totalizator o‘ynashadimi, hakamlarni sotvolishadimi, narigi jamoaga pul berib/olishadimi, hokimlarning iltimosini bajarishadimi, farqi yo‘q - bularning bari jirkanch. Bunaqa ishlarni aniqlash esa jurnalistning emas, boshqa idoraning ishi. Biz odatda ko‘zga ko‘rinib turgan, yaqqol namoyon bo‘lib turgan g‘alati o‘yinlardan xulosalar chiqaramiz. Ahmoq emasmiz axir!

Fakt deysizmi? Faktim yo‘q. Tuhmat ham qilmayapman. Mo‘minjonov misolida futbolimizga ko‘zgu tutyapman. Aslida o‘sha ish ham oxiriga yetkazilmagan - o‘yinni sotgan Mo‘minjonov jazolanadi-yu, ikkinchi tomon, ya’ni Lokomotivga hech chora ko‘rilmas emish. Pfff!

Har bir muxlis jamoasi rahbariyati va murabbiyidan so‘rab oladigan, talab qila oladigan darajaga yetishi kerak. Sharhlovchi, jurnalist yoki boshqa birov aybdor emas jamoangizning abgor ahvolida. Alamingizni boshqalardan olmang. Jamoangiz boshqaruvidagilardan so‘rab oling. Ishoning, chirib yotibdi hammasi!

Shundan keyin ham stadionga borasizmi? Tirikchiligingizdan qolmang. O‘shanisi foydali!

Bobur Akmalov

Manba: https://t.me/boburachannel
Kiritildi: 06:59, 27.09.2019.
O'qildi: 6325 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.