Sky Sports xabariga ko‘ra, "Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Sane myunxenning "Bavariya" jamoasiga o‘tishi mumkin.
Nemis klubi prezidenti Uli Xeness iste’foga chiqish arafasida qanot himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Bavariya" 2020-yilning qishgi transferlar oynasida qo‘lga kiritmoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi. Myunxen jamoasi futbolchi uchun 90 mln yevro to‘lashga tayyor.