Kirish Ro'yxatdan o'tish

Toshkentda ot sporti bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi

Toshkentda ot sporti bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

1 oktyabr kuni poytaxtimizda ot sporti bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi. “Argamak Sher” va “UNIVERSAL JUMPUNG” arenalari mezbonlik qilgan turnir 21 yoshgacha bo‘lgan chavandozlar o‘rtasida ot yo‘rttirish va konkur bo‘yicha tashkil etildi.

Osiyo ot sporti federasiyasi taqvim rejasidan o‘rin olgan mazkur musobaqani baholab borish uchun xorijlik referi Valdo I-CHeng tashrif buyurib, musobaqaning yuqori saviyada tashkil etilgani va ushbu sportning yurtimizda ravnaq topib borayotganiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Ot yo‘rttirish bo‘yicha kechgan bahslarda Diana Mirasova eng yaxshi natijani qayd etgan bo‘lsa, konkur bahslarida Otabek Bahrombekovga teng keladigani topilmadi. Ta’kidlash joiz, musobaqa g‘oliblari kelasi yil Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan final bosqichida ishtirok etish huquqini ham qo‘lga kiritdilar.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 22:30, 02.10.2019.
O'qildi: 3764 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик