Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

«Bunyodkor» Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti qoshidagi akademik liseyga tashrif buyurdi

«Bunyodkor» Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti qoshidagi akademik liseyga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, mart oyida jamoamiz a’zolari Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurgan edi. Kuni kecha «Bunyodkor» Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti qoshidagi akademik liseyda mehmon bo‘ldi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘quvchilarning bir-biridan qiziqarli, jiddiy savollariga javob berdi.

Jumladan, bir o‘quvchi Vadim Karlenovichga «milliy terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqasizmi», deya ko‘ndalang savol bilan murojaat qildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri berilgan bu savol samimiy ruhda o‘tayotgan uchrashuvga yanada ko‘tarinkilik qo‘shdi. Boshqa bir o‘quvchi esa, «Bunyodkor»ning bugungi holati bilan qiziqib, mutaxassisdan klubdagi rejalarini so‘radi. Aytish kerak, Vadim Abramov barcha savollarga batafsil javob berdi. Bu Vadim Karlenovichning milliy terma jamoaga bosh murabbiy bo‘lganidan keyin tashrif buyurgan ilk bilim dargohi bo‘ldi.

Tadbir yakunida har ikki tomon bir-biriga sovg‘alar ulashdi. Xususan, liseyda direktori Sultonov Hojimurod Abduhakimovich Vadim Abramovga milliy to‘nimizni kiydirgan bo‘lsa, Vadim Karlenovich o‘zining va futbolchilarning dasxati tushirilgan koptok hamda qiziqarli savol bergan uch nafar o‘quvchiga «Bunyodkor»ning sovg‘alarini taqdim qildi. Qolaversa, «Bunyodkor» futbol klubi tomonidan lisey o‘quvchilariga jamoaning uy uchrashuvlarini bevosita stadionda tomosha qilishlari uchun bepul chiptalar taqdim qilinishi ham kelishib olindi.

Manba: www.bunyodkor.com
Kiritildi: 22:37, 02.10.2019.
O'qildi: 2285 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.