Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Pikening tashabbusi: futbolga yana bitta turnir kerakmi?

Pikening tashabbusi: futbolga yana bitta turnir kerakmi?

Baho:
+ | -

Xorijiy saytlarda «Barselona» himoyachisi Pikega oid kutilmagan xabar tarqaldi. Unga ko‘ra, ayni damda «Kosmos» kompaniyasining egasi bo‘lgan futbolchi futbolda yana bitta turnir tashkil qilish g‘oyasini ilgari surmoqda. Uning g‘oyasiga ko‘ra, ushbu turnirda Yevropa kuchli chempionatlarining chempionlari ham bir nechta top darajadagi jamoalar ishtirok etishi kerak. Xo‘sh, aslida, futbolga yana bitta turnir kerakmi?

TIG‘IZ TAQVIM

Bu taklifga APL jamoalari bir ovozdan «Yo‘q!» deb javob berishsa kerak. Chunki chempionatlar ichida aynan Angliyada taqvim shundoq ham tig‘iz. Qolgan chempionatlarda ham ayni damda bitta turnirda qatnashishga yetadigan bo‘sh vaqt yo‘q. Faqat yozda dam olishadi, unda ham jamoalar, futbolchilar transfer bilan band bo‘lishadi.

O‘RINGA O‘RIN

Pikening turnirini (shartli ravishda shunday atab turamiz) boshqa bir turnirning o‘rniga qo‘yish fikri o‘zini oqlarmikin? Buning uchun bugungi kun futbolida o‘zini oqlamayotgan biror-bir musobaqani topishga to‘g‘ri keladi. Chempionlar Ligasi? Aslo! Ushbu musobaqa bugungacha o‘z shiddatini yo‘qotmagan va bundan keyin ham shunday bo‘ladi. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati? Mazkur turnir shundoq ham o‘zgardi va u qit’alarda o‘tkaziladigan chempionatlarga bevosita bog‘liq. Pike tashkil etmoqchi bo‘lgan turnirda esa chempion jamoalar tanlab olinadi. Ya’ni kuchli beshlikda chempion bo‘lgan klublar qatnashishi ko‘zda tutilgan, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati esa bunday farq qiladi.

XALQARO CHEMPIONLAR KUBOGI

Pikening musobaqasini faqat bitta turnir bilan almashtirish mumkin — Xalqaro chempionlar kubogi o‘rtoqlik turniri. Ushbu musobaqada ishtirok etadigan jamoalar uchun alohida reglament belgilanmagan. Faqat buning uchun Pikening turnirini o‘rtoqlik maqomida o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Boisi yozgi ta’til vaqtida o‘tkaziladigan turnirda klublar yosh futbolchilari yoki yangi xarid qilingan futbolchilarni sinovdan o‘tkazishni maqsad qilishadi. Agar turnir rasmiy maqomda bo‘lsa, klublar bu ishni amalga oshira olmasliklari va musobaqada qatnashishga unchalik xohish bildirmasligi mumkin. Aslida ham yozgi transfer mavsumi vaqtida o‘rtoqlik turniri o‘tkazgan ma’qulroq.

Bu Pikening birinchi taklifi emas. Ispaniyalik himoyachi oldin ham boshqa tashabbuslar bilan chiqqan. Ko‘ramiz, bu galgi taklifi amalga osharmikin?

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:38, 04.10.2019.
O'qildi: 6455 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.