Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Hasanboy Do‘smatovning debyut jang sanasi ma’lum, u Shahram G‘iyosov bilan bitta boks oqshomida jang qiladi

Hasanboy Do‘smatovning debyut jang sanasi ma’lum, u Shahram G‘iyosov bilan bitta boks oqshomida jang qiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning birinchi o‘ta yengil (-48,99 kg) vazn toifasida faoliyatini boshlayotgan Hasanboy Do‘smatov noyabr oyining so‘nggi kunida professional boksdagi debyut jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Do‘smatov 30 noyabr kuni Monako poytaxti Monte-Karlo shahrida joylashgan kazino markazida bo‘lib o‘tadigan boks kechasida ringga ko‘tariladi. E’tiborli tomoni shu kuni Do‘smatov bilan birga super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (9-0, 7 KO) ham ringga ko‘tariladi.

Hozircha ikkala bokschining ham raqibi kim bo‘lishi ma’lum emas. Oldinroq, Do‘smatov birinchi jangidayoq jahon chempionlik kamari uchun ringga chiqishi mumkinligi xabar berilgandi.

Mazkur boks oqshomining markaziy jangida rossiyalik Aleksandr Besputin (13-0, 9 KO) hamyurti Rajab Butayevga (12-0, 9 KO) qarshi yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasining WBA jahon chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladi.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 13:25, 04.10.2019.
O'qildi: 5395 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик