Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Vadim Abramov: «Lutfulloning imkoniyatlarini yaxshi bilaman va Olim Navkarovni ham chaqirarmishman...»

Vadim Abramov: «Lutfulloning imkoniyatlarini yaxshi bilaman va Olim Navkarovni ham chaqirarmishman...»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasi jahon chempionati saralash bosqichining ilk turida Falastin termasiga mag‘lubiyatga uchragach, futbol jamoatchiligida argentinalik Ektor Kuperga nisbatan ishonchsizlik paydo bo‘ldi va natijada O‘FA tajribali mutaxassis bilan shartnomani bekor qildi. Nazariy jihatdan olib qaralsa, termamiz saralashda endigina bitta o‘yin o‘tkazgandi, imkoniyat saqlanib turgandi. Ammo Kuperning falsafasi va qo‘llayotgan uslubi bizning jamoaga mos emasdi. Shunday paytda barcha muxlisu mutaxassislar Abramov davridagi hujumkor, ochiq o‘yinni sog‘inishdi. Yakunda «Bunyodkor» bilan yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etayotgan Vadim Karlenovich bosh jamoa ustozi etib tayinlandi. Shu munosabat bilan termamiz boshqaruvini qayta qo‘lga olgan murabbiyni suhbatga tortib, o‘zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.

- Vadim Karlenovich, dastlab boshqarayotgan klubingiz haqida gaplashsak. «Bunyodkor»ga safar o‘yin­larida nima bo‘lyapti?

- Bu futbol! Gohida o‘yin sur’ati tablodagi hisobga mos kelmasligi mumkin. Olmaliqda yomon o‘yin ko‘rsatmadik. AGMK mahoratli murabbiy va o‘z uslubiga ega. Kubok uchrashuvida ular bizni qarshi hujumda ushlashdi va finalga chiqishdi. Xatolarimiz evaziga uchta gol olib chiqdik darvozamizdan.

- O‘zbekiston milliy jamoasini qiyin sharoitda qabul qilib oldingiz. Termaning hozirgi holati sizni tashvishga solmayaptimi?

- Vaziyatni o‘nglasa bo‘ladi, hamma narsaning iloji bor. Bu jarayonda ayrim kamchiliklar bo‘lishi ehtimoli yo‘q emas, xatolardan hech kim kafolatlanmagan.

- Ektor Kuper himoyaviy o‘yin tarafdori edi, siz esa, aksincha, hujumkorlikka urg‘u berasiz. Mavjud holatdan kelib chiqadigan bo‘lsak, Yaman va Singapur termalariga qarshi o‘yinlarda qandaydir o‘zgarishlar ko‘ramizmi?

- Bu savolingizga terma jamoa a’zolari bilan bafurja gaplashib olganimdan so‘ng javob berishim mumkin. Hozircha aniq nimadir deyolmayman.

- Terma jamoaning navbatdagi yig‘iniga chaqirilgan futbolchilar  ro‘yxatiga nazar solsak, Lutfulla To‘rayevni ham ko‘rishimiz mumkin. Sizningcha, bu to‘g‘ri tanlovmi?

- Kimni yig‘inga jalb etgan bo‘lsam, demak, ularning barchasi shunga munosib, bu futbolchilarni yaxshi bilganligim uchun chaqirdim. Jamshid Iskanderovni esa asosan «Paxtakor»dagi o‘yinlari orqali taniganman. U uzoq muddatdan beri terma tarkibiga kiritilmagan. Potensiali bor, har holda. Lutfullaning imkoniyatlarini ham bilaman. Shunisi aniqki, milliy jamoada faqat eng kuchlilar o‘ynaydi. U qaysi klubdan, murabbiyi kim, yoshi nechada, bu ahamiyatsiz. Muxlislar «Abramov o‘z yoqimtoylarini chaqirdi», deb o‘ylashlari mumkin. Lekin men uchun hammasi bir xil futbolchi. Ayrimlar Olim Navkarov men yaxshi ko‘rgan futbolchi ekanligimni aytishdi, xuddiki, uni yana termaga taklif etarkanman! U o‘z vaqtida foyda keltirgan, hozir faoliyatini tugatgan, allaqachon.

- Siz bosh murabbiy etib tayinlangach, barcha 2011 yilgi Osiyo kubogini esladi va hozirgi jamoadan o‘sha paytdagi o‘yinni kutishmoqda...

- U 2011 yil edi, hozir - 2019. Orada ko‘p narsa o‘zgardi. Termaning hozirgi holati mening aybim emas. Bizning ayni vaqtdagi vazifalarimiz - ham o‘yin, ham natija bobida muxlislar ishonchini qaytarish.

- Kengaytirilgan tarkibga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Davron Hoshimov, Quvondiq Ro‘ziyev kabilar taklif etilmaganiga guvoh bo‘ldik...

- Bu kengaytirilgan tarkib, kim kuchli bo‘lsa, o‘sha yakuniy tarkibdan joy oladi. Masalan, men «Bunyodkor»dan to‘rt shogirdimni oldim. Ammo bu ularning muntazam o‘ynashlarini anglatmaydi. Yig‘inda ko‘ramiz, qolgan futbolchilar bilan solishtiramiz.

ABDULAZIZ suhbatlashdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 17:37, 04.10.2019.
O'qildi: 16547 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик