Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

Valverdening o‘rnini kim egallashi mumkin?

Valverdening o‘rnini kim egallashi mumkin?

Baho:
+ | -

Katoloniya super klubi qanchalar urunmasin, avvalgi darajasiga chiqa olmayapti. Ayniqsa YECHL doirasidagi «Inter»ga qarshi o‘yindan so‘ng, muxlislarda murabbiyga bo‘lgan e’tiroz yanada ortdi. To‘g‘ri, «Barselona» g‘alaba qozondi, biroq bu klub muxlislari chiroyli g‘alaba qozonishga o‘rganib qolishganiga deyarli 10 yildan oshmoqda. Kutilganidek, Valverde iste’foga chiqarilsa, jamoani avvalgi darajaga olib chiqa oladigan murabbiy bormi? Bugun ushbu savolga javob izlashga urunib ko‘ramiz.


Joze Mourinyo

Bir qarashda g‘alati ko‘ringani bilan portugaliyalik murabbiy katoloniyadan taklif tushsa, uzoq o‘ylab o‘tirmasligi aniq. To‘g‘ri, Joze «Manchester Yunayted»dan quvilgandir, biroq «benazir» «qizil iblislar» uchun «Liga kubogi», «Super kubog», «Evropa Ligasi» singari sovrinlarni yutib berishni uddasidan ham chiqdi. Jozedan tashqari  birorta murabbiy Fergussondan so‘ng hech qanday sovringa yaqin ham kelishni uddalay olgani yo‘q.

Ayni damda YECHL bahslarida g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun «Barselona»da kuchli tarkib mavjud va futbolchilar bu musobaqani juda sog‘inishgan. Bundan tashqari, «benazir» futbol olamiga ilk qadamlarni ham aynan katoloniya klubida qo‘ygan va «Kamp Nou» uning uchun begona emas.

Xavi

So‘nggi paytlarda aynan Xavining «Barselona» jamoasi murabbiyi bo‘lishi haqidagi mish-mishlar ko‘payib bormoqda. To‘g‘ri, klub afsonasining murabbiylik borasida hech qanday tajribasi yo‘q, biroq Gvardiola ham aynan Xavi singari murabbiylikka birinchi qadamni aynan «Barselona»da qo‘ygan edi. Afsuski, bunday omadli tasodiflar har kuni ham bo‘lavermaydi, biroq urunib ko‘rsa bo‘ladi. Shunday bo‘lsada, tavakkal qilish uchun biroz kech emasmikan? Messining Yoshi o‘tib bormoqda. Jamoaning asosiy futbolchilar allaqachon to‘liq pressing uyushtirishni uddalay olmayapti. Boz ustiga, avlodlar almashinuvi ham juda past sur’atda davom etmoqda. Negadiy aynan Xavining variyanti ko‘plab muxlislarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Luis Enrike

Ispaniyalik murabbiy futbolchilik davridayoq klub muxlislarining qalbidan joy egallashga muvaffaq bo‘lganidan xabaringiz bor. Bundan tashqari, Enrike Gvardiolada singari trebl qayd etishni uddalagan yagona murabbiy sanaladi. Afsuski, qahramonimiz hozirda og‘ir judolikni boshidan o‘tkazmoqda. Shunday bo‘lsada, hayot davom etadi va uning faoliyat o‘z yakuniga yetganicha yo‘q. Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan qahramonimiz hozir to‘liq ishsiz qolib ketgan va istalgan daqiqada yana futbol olamiga kirib kelishi mumkin. «Barselona»ning shonli davrlarini ortga qaytarish uchun Enrikeda barcha imkoniyat mavjud. Agarda u ortga qaytsa, jamoa yana 3 ta hujumchi bilan to‘p surishni boshlaydi va yana hujumkor «Barselona»ni ko‘rishimiz mumkin.

Massimiliano Allegri

Italiyalik murabbiy anchadan beri ishsiz yurgan bo‘lsada, tinimsiz takliflar olishda davom etmoqda. Ayniqsa, APL klublari taktik kuchli sanaladigan Allegrini o‘z jamoasiga chorlashda davom etishmoqda. Allegri nafaqat kuchli mutaxassis balki, jamoa bilan tezda chiqishib ketuvchi kuchli psixolog ham sanaladi. U boshqargan klublar doim kuchli intizom va tartibli futbol orqali qolganlarda yaqqol ajralib turgan. Darhaqiqat uning Katoloniyaga kelishi «Barsa»ga qo‘l kelishi mumkin. Allegri Messiga mos pozisiya yaratishi va uning atrofida kuchli jamoa tuzishi mumkin. Bu esa, klubdagi boshqa futbolchilarning ham maydonda erkin harakat qilishga imkoniyat yaratib beradi. Agarda italiyalik murabbiyga imkon berilsa, Katoloniya klubi o‘yin uslubi keskin o‘zgarishi hech gap emas. Eng muhimi esa, Allegri ham hozirda «Barselona» singari YECHLda g‘olib chiqish orzusida yuribdi. Bir qarashda qiziqarli tanlovdek ko‘ringani bilan, Allegri tanlovi klubga katta naf keltirishi mumkin

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 12:04, 05.10.2019.
O'qildi: 13154 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.