Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Ranyerining “tulkilar”i: “Lester”ning siri nimada edi?

Ranyerining “tulkilar”i: “Lester”ning siri nimada edi?

Baho:
+ | -

APL ajoyib turnir. Shunisi ajoyibki, istalgan jamoa boshqa bir istalgan klubni mag‘lub eta oladi.  Shunisi ajoyibki, quyi ligadan chiqqan jamoalar yetakchilarni mag‘lub etishi mumkin, bu hech kimni ajablantirmaydi ham. Eng muhimi, quyi ligadan chiqqan klub APLda chempion ham bo‘lishi mumkin. Boshqa ligalarda esa bunday holatni deyarli ko‘rmaysiz. Angliyada esa mazkur natijani “Lester” qayd etdi.

TASODIF  EMAS

Italiyalik mutaxassis Klaudio Ranyeri hamda uning “tulkilar”i APLda chinakam to‘ntarish amalga oshirgani yodingizda bo‘lsa kerak. Bu kutilmagan yoki tasodifiy natija dersiz. To‘g‘ri. Ammo buning boshqa sabablari ham bor. Masalan, Ranyerining “Lester”ida  futbolga chanqoq yigitlar yig‘ilgandi. Maqsadi futboldan pul topish emas, futboldan zavq olish bo‘lgan yigitlar yig‘ilgandi. Mahrezga o‘xshagan qayerga kelib qolganini tuzuk anglamagan, ammo maza qilib futbol o‘ynashi kerakligini bilgan yigitlar yig‘ilgandi. Ranyeri esa ana shu qoni qaynoq yigitlarga munosib ustoz bo‘la oldi. Oqibatda o‘sha fantastik mavsumda yangi yil arafasida APL turnir jadvalida birinchi o‘ringa chiqqan “Lester” shu bilan pastga tushmadi. Buni qarangki, muddatidan oldin chempion bo‘lishni ham uddaladi.

“Lester”da pul yo‘q edi, “Lester”da tarkibni kuchaytirib yuborar darajada mablag‘ ham yo‘q edi. Shu bois ham keyingi mavsumda “tulkilar” chempionlikni saqlab qola olishmadi. Buni ko‘pchilik kutmagandi ham. Ammo...

HOZIR HAM KUCHLILAR SAFIDA

Hozir “Liverpul” hamda “Lester” o‘rtasidagi o‘yinga bemalol “markaziy o‘yin”  maqomini bersam bo‘ladi. Ya’ni “Lester” hozir ham kuchlilar qatorida. Turnirni kuchli oltilikda yakunlashga da’vogarlar safiga ham kiritish mumkin. Bu hozirda “Lester”ning doimiy darajasidir, aniqroq aytadigan bo‘lsak, taxtdan ayrilgan bo‘lsa-da, “kuchli jamoa” maqomini yo‘qotmadi “Lester”.

“Lester” Angliya va Yevropa futboliga ko‘p narsa berdi. Jeymi Vardi Angliya terma jamoasida o‘ynagan va hozir ham bu ishni qoyillatadigan futbolchi, Riyad Mahrez ayni damda APLning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri, Kasper Shmeyxel — bir paytlar dunyo futbolining temir posbonlaridan biri bo‘lgan afsonaviy Petr Shmeyxelning o‘g‘li — hozirda APLning kuchli posbonlaridan biri. Ngolo Kante — “Chelsi”ning yuragiga aylangan, Fransiya terma jamoasining ham ajralmas qismi bo‘lgan futbolchi... Xullas, bunday nomlarni istagancha sanash mumkin. Ular “Lester”da kashf etilgan futbolchilar. Agar bu yulduzlar “Lester”da qolishganida, ehtimol, “tulkilar” yana bir bor chempion bo‘lishlari mumkin edi. Ammo boshqa tomondan bu jamoa ko‘plab iqtidorlar uchun mashhurlik sari eltuvchi ko‘prik vazifasini bajardi.

IQTIDORLAR HAMON BOR

“Lester”da iqtidorlar hozir ham bor. Ayni damda Brendan Rodjers qo‘l ostida bir qator bo‘lajak yulduzlar to‘p surayotgan bo‘lsa, ne ajab. “Lester” hali ko‘p narsaga qodir. Joriy mavsumda ham jamoa sovrinli o‘rinlar uchun kurashsa, ajab emas. Qolaversa, Brendan Rodjers har doim ana shunday shijoatli jamoalarni boshqarishga o‘rgangan. Umid qilamizki, Rodjers ham “Lester” tarixida Ranyeridek iz qoldiradi. Rodjers ham “Lester”ning yangi kashfiyotlarini kashf qiladi. Biz esa “tulkilar”ning kam sonli ashaddiy muxlislari uchun jamoaning yuksak natijalarga erishishini tilab qolamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:21, 07.10.2019.
O'qildi: 5910 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик