Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Habib Nurmagomedov: "Bizning O‘zbekistonda do‘stlarimiz ko‘p" (intervyu)

Habib Nurmagomedov: "Bizning O‘zbekistonda do‘stlarimiz ko‘p" (intervyu)

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Intervyular

UFC chempioni Habib Nurmagomedov Sankt-Peterburgda OAV bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalisltlarni qiziqtirgan savollarga javob berib o‘tdi.

— Navbatdagi jangingiz qachon?

— Menimcha, keyingi yilning mart yoki aprel oylarida oktagonga chiqsam kerak. Hozirda navbatdagi jangim bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Qolganini vaqt ko‘rsatadi.

— Nima uchun aynan mart yoki aprel oylarida jang o‘tkazishni rejalashtiryapsiz?

— Birinchi navbatda, keyingi yili aynan aprel oylarining so‘ngida muborak ramazon oyi boshlanadi. Ushbu oyga qadar jang o‘tkazib olsam, ortiqcha bosimsiz bir necha oy dam olishim mumkin.

— Habib sizning muxlislaringiz juda ko‘p. Ularga xuddi siz kabi yengilmas bo‘lish uchun qanday maslahat bergan bo‘lar edingiz?

— Bu savolga har doim mehnat, kun tartibiga rioya qilish singari javobni qaytarishim mumkin, biroq bugun eng muhim kichik bir jihatga to‘xtalib o‘tmoqchiman. Bilasizmi, inson nimanidir oldiga maqsad qilib qo‘ysa, ularga ishonmaydigan odamlar ko‘payib ketadi. Ana shunday insonlar atrofida o‘zini yo‘qotib qo‘ymagan va maqsad sari intilgan insongina muvaffaqiyatga erishadi. Agarda u insonlar uning qaroriga ta’sir o‘tkazsa, agarda u ularning so‘zlariga ishonsa, unda hech narsa o‘xshamaydi. Men ilk bor UFCga qadam qo‘yganimda deyarli 10 yildan beri birorta rossiyalik jangchi amalga oshira olmagan ishni uddalagan edim. Birorta menendjer, birorta murabbiy mening chempion bo‘lishimga ishonmagan edi. Men o‘z kuchimga ishondim va hammaga qarshi chiqdim. To‘g‘ri, jarohatlar meni biroz oyog‘imdan tortib qolgan bo‘lishi mumkin lekin, men yaratganga va o‘z kuchimga ishonishda davom etdim.

— Nima deb o‘ylaysiz, insonlarni dini va irqidan tashqari nimadir bog‘lab turishi mumkinmi?

— Menimcha yurak bog‘lab turadi. Qachonki, insonlar bir xil fikrlashar ekan, dunyoga bir xil ko‘z bilan qarar ekan, ana shundagina ular bog‘lanishlari mumkin. Qachonki, ular o‘zgacha o‘ylashsa, qachonki o‘zgacha yo‘l tutishsa, demak vaqti kelib ular baribir ajralib ketadi. Dunyoga ikki xil ko‘z bilan qarovchi insonlarni bog‘lab turadigan hech qanday kuchning o‘zi yo‘q. Hayotdagi burilishlar chog‘ida bunday insonlar ajralib ketishlariga ishonchim komil.

— Toni Fergyusonga qarshi jang oldidan o‘zingni qanday his qilyapsan?

— Toni vazn toifasidan qat’i nazar eng kuchli jangchilardan biri sanaladi. Bundan tashqari, hozirda u 12 ta jangdan beri g‘alaba qozonib kelmoqda. Bu jang uchun katta mehnat qilishim lozim. O‘ylashimcha, bu men oktagonga chiqqan eng kuchli raqiblarimdan biri bo‘ladi. Raqibim jiddiy va mashg‘ulotlar ham shunga yarasha kuchaytiriladi. Avvalgidan ko‘proq mehnat qilishim talab etiladi. Eng muhimi ushbu jang amalga oshishi. Bundan avval naq 4 bor u bilan jangimiz qoldirilgan edi. Bu jangni men ham, u ham kutyapti.

— Ushbu jangda uning kuchli tomoni nimada? Balki uning parterda imkoniyatlari yaxshiroqdir?

— O‘ylashimcha parterda mendan ustun bo‘la olmaydi. Aksincha, u Poryedan ko‘ra  osonroq raqibga aylanadi. Men butun umr kurashib kelganman. Ozg‘in va jussasi kichik jangchilarga parterda menga qarshi juda qiyin bo‘ladi.

— Sizni O‘zbekiston bilan nima bog‘lamoqda. O‘zbekistonda jang qilishingiz mumkin ekan. Shu haqida ma’lumot bera olasizmi?

— Biz u yerda musobaqa tashkil etamiz. Bu O‘zbekistondagi ilk musobaqa bo‘ladi. Janglar «Humo Arena»da bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Hozirda O‘zbekiston davlati bu sport turini qo‘llab-quvvatlamoqda. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan jang kechasida 7 ta o‘zbekistonlik jangchi bizning sport klubimizdagi yigitlarga qarshi oktagonga chiqadi. Kechaning eng muhim janggida Umar Nurmagomedov ishtirok etadi. O‘sha kuni O‘zbekistonning yulduz jangchilari oktagonga chiqishi kutilmoqda. Keyinchalik ham biz u yerda shunday jang kechalarini o‘tkazishni rejalashtiryapmiz. Biz O‘zbekistonda MMAni rivojlantirishni oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Kelajakda u yerda o‘z akademiyamni ochishni rejalashtiryapman. Bizning O‘zbekistonda do‘stlarimiz va muxlislarimiz juda ko‘p. Dunyoning qay chekkasida bo‘lmay, o‘zbeklar oldimga kelib meni qo‘llab-quvvatlashlarini aytib ko‘nglimni ko‘tarishadi. Buning uchun adashmasam 35 million aholisi bor O‘zbekistonga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Manba: MMA TODAY
Kiritildi: 02:07, 08.10.2019.
O'qildi: 5573 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.