Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut

Paralimpiyachilarimiz Tokioda Rio-2016dagi natijalarni yaxshilash niyatida

Paralimpiyachilarimiz Tokioda Rio-2016dagi natijalarni yaxshilash niyatida

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bundan 3 yil muqaddam Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan Paralimpiya o‘yinlari O‘zbekiston terma jamoasi uchun qanchalik ulkan g‘alabalar bilan o‘tgani barchangizga ma’lum. O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assosiasiyasi mutasaddilari Tokioda o‘tajak musobaqada Riodagidan ham yuqori natijalar qayd etish niyatida. Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida hisobot topshirgan Paralimpiya assosiyasi rahbariyati bu masalaga alohida urg‘u berib o‘tishdi.

Yig‘ilishda hisobotlarni MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov va vise-prezident Azizjon Kamilov tingladi. Shuningdek, unda Paralimpiya assosiasiyasi rahbari Muxtorxon Tashxodjayev va boshqa mutasaddilar ham qatnashdi.

Uchrashuv davomida para-atletika, para-suzish, para-kanoe, para-taekvondo, pauerlifting, para-dzyudo kabi sport turlari bo‘yicha terma jamoamiz vakillarining Paralimpiya o‘yinlariga lisenziya olish rejasi, xalqaro va mahalliy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari uchun ishlab chiqilgan rejalar, sport turlari bo‘yicha lisenziya qo‘lga kiritish tizimi atroflicha muhokama qilib chiqildi va bu borada tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Tokio Paralimpiadasiga 7 nafar hamyurtimiz yo‘llanma qo‘lga kiritib ulgurgan.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 08:17, 08.10.2019.
O'qildi: 2719 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.