Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ichkilik va futbol

Ichkilik va futbol

Baho:
+ | -

Futbol olamidagi ko‘plab yulduzlar ichkilik sababli mashxurlik sahnasidan erta tushib ketishga majbur bo‘lishganidan xabaringiz bor. Bugun Aynan ichkilik tufayli o‘z kariyerasini qurbon qilgan futbolchilar haqida so‘z boradi.

Adriano



Braziliyalik futbolchi 21-asr boshida dunyoning eng iqtidorli futbolchisi sanalar, mutaxassislar tomonidan «oltin to‘p»ning bo‘lajak egasi sifatida e’tirof etilar edi. Kuchli zarba, ajoyib tehnika va jismonan yetuk futbolchi futbolda katta g‘alabalarni qo‘lga kiritishi mumkin edi, biroq ichkilik barchasini tamomila o‘zga tomonga burib yubordi. Yosh bo‘lishiga qaramasdan «Inter» klubida eng katta maosh oluvchi futbolchilardan biri sanaladigan Adriano sekin-asta mashg‘ulotlardan ko‘ra tunggi klublarni avzal ko‘ra boshladi.

Eng achinarlisi shundaki, braziliyalik futbolchining o‘zi bu botqoqdan chiqish uchun harakat qilmadi va Yevropadagi faoliyatini juda erta yakunladi. Keyinchalik Braziliyada faoliyatini davom ettirgan Adriano mahaliy mafiya bilan aloqa o‘rnatdi va to‘liq ichkilikka ruju qo‘yib yubordi. Futbolchi mashg‘ulotlarga shirakayf xolatda kelar, deyarli shug‘ullanmas ham edi. Notog‘ri hayot tarsi o‘z so‘zini aytdi va futbolchi 30 yoshga to‘lmasidan turib bir necha kilogram ortiqcha vazn ortirib oldi. Keyinchalik doktorlar uning yuragi futbol o‘ynashni ko‘tara olmasligini aytishganidagina Adriano barchasini tushunib qoldi. Ming afsuski, endi hech narsani ortga qaytarib bo‘lmas ahvolga kelib qolgan edi.

Artyom Milevskiy


Ukrainalik futbolchi o‘z vaqtida Yevropadagi barcha grandlarning oromini o‘g‘irlagan kelajagi porloq futbolchilardan biri edi. Uning fantastik tehnikasi va o‘yinni o‘qiy olish qobiliyati sababli futbolchining atrofida top klublar tinmay o‘ralashib yurar, Milevskiy esa, og‘ir harakteri sababli birorta klub bilan kelishuvga erisha olmas edi. Futbolchining aytishicha, «Fiorentina», «Tottenhem», «Arsenal», «Sevila», «Bayer» singari klublar futbolchini o‘z safida ko‘rishni istagan va xatto rasmiy taklif bilan ham chiqishgan ekan. Afsuski, Milevskiy mashxurlikni ko‘tara olmadi. Darhaqiqat, tinimsiz ravishda ayollar bilan muammolarga o‘rlashib yuradigan futbolchi tunggi klublarning doimmiy mijoziga aylandi. Uning hayotida qora kunlar Oleg Bloxin «Dinamo Kiyev» klubi bosh murabbiyi bo‘lgan kuni boshlandi desak, adashmagan bo‘lamiz. Murabbiy rasman tanishtirilgan marosimga kech qolmaslik uchun tungi xalatda tashrif buyurgan Artyom o‘zi bilmagan xoldi butun Ukraina matbuotining nishoniga aylanib qoladi. Uning shirakayf xolda yangi murabbiyning taqdimot marosimiga tungi xalatda kelishi futbol muxlislarida futbolchiga bo‘lgan nafratni uyg‘otadi.

Artyom birorta top klubga o‘tmagach, Ukrainada zerika boshlaydi va batamom ichkilikka berilib ketadi. Klubda katta hurmatga ega bo‘lgani va o‘z o‘yini bilan g‘alabaga katta hissa qo‘shgani uchun hech kim unga ortiqcha so‘zlay olmaydi. Keyinchalik bir necha bor mast xolda mashina boshqarishda ayblangan futbolchi internet qahramoniga aylanib ketadi. Butun Ukraina uning xatti-harakatlarini muhokama qilishni boshlaydi. Kuchli bosim futbolchining ruhiyatiga kuchli zarba beradi va Milevskiyning o‘yinida keskin pasayish kuzatiladi. U o‘yni chiqmagani sari murabbiy va jamoadoshlari bilan janjallar chiqara boshlagach, «Dinamo Kiyev» uni qo‘yib yuborishga majbur bo‘ladi. Hozirda «Dinamo Brest» klubida faoliyat olib borayotgan Artyom barchasini boshidan boshlamoqchi ekanligi haqida intervyular berishdan charchamayapti. Biroz kech qolmadimikan? Yana kim biladi deysiz?!

Velliton


Braziliya terma jamoasidan chaqiruv olishga juda yaqin kelgan, ikki bor RPL to‘purari bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan Vellitonning kelajagi ichkilik bo‘lmaganida umuman boshqacha ko‘rinish olgan bo‘lar edi. Darhaqiqat, juda kambag‘al oila tavvalud topgan qahramonimiz Moskvaning «Spartak» klubiga o‘tgach, bor e’tiborini futbolga qaratadi va bir mavsum ichida butun Rossiyani o‘zi haqida so‘zlashga majbur qiladi.

Vellitonning Rossiyadagi ilk yillarida to‘xtatib bo‘lmas, chaqqon va tehnik tomonlama tengsiz futbolchi chempionatdagi himoyachilarni istagan ko‘yiga solar edi. Mashxurlik va katta pulga o‘rganmangan braziliyalik futbolchi shaxsiy hayotida birin ketin hatolarga yo‘l qo‘ya boshladi. Avvaliga model qizlar bilan o‘ralashib qolgan Velliton keyinchalik ichkilikka ruju qo‘ydi. O‘sha davrlardagi «Spartak» bosh murabbiyi Valeriy Karpinning aytishicha, futbolchini to‘g‘ri yo‘lga solish uchun barcha uslubni qo‘llab ko‘rishgan ekan. Murabbiyning o‘zi o‘sha davr haqida quyidagicha xotirlaydi : « Biz uni qo‘rqitib ko‘rdik, ertasi kuni yaxshi gapirib yo‘lga solmoqchi bo‘ldik. Oradan vaqt o‘tib barchasini ochiq gaplashib oldik, biroq hech narsa o‘zgargani yo‘q. U mashg‘ulotlarga mast xolda kelishni boshladi. U bilan uzoq suhbatlashdik. Keyinchalik umuman mashg‘ulotlarga kelmay qo‘ydi. Velliton natija berayotgani uchun barchasiga chidadik. Uning klub uchun foydasi tegmay qo‘ygach esa, darhol aloqalarni uzib yubordik. Bizda bundan boshqa yo‘l qolmagan edi»

Darhaqiqat, ichkilik va ayollar sababli futbolchi juda katta miqdorda qarzga kirib qolgani yetmaganidek, o‘z sport formasini ham yo‘qotdi. Keyinchalik Rossiyaning bir nechta o‘rtamiyoni klublarida o‘zini sinab ko‘rgan futbolchi avvalgi darajasiga qayta olmadi va barcha muxlislarning nazlida noshudga aylanib qoldi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:58, 11.10.2019.
O'qildi: 3665 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.