Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/12 01:00 Monako 1-0 Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta 2-1 Chelsi
10/12 01:00 Barselona 2-1 Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter 0-1 Liverpul
10/12 01:00 PSV 2-3 Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem 3-0 Slaviya
10/12 01:00 Yunion 2-3 Marsel
10/12 15:00 Seul 1-1 Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima 1-0 Shanghai Shenhua
10/12 22:45 Qorabog‘ - Ayaks
10/12 22:45 Vilyarreal - Kopengagen
11/12 01:00 Atletik Bilbao - PSJ
11/12 01:00 Bayer - Nyukasl
11/12 01:00 Borussiya D - Bude-Glimt
11/12 01:00 Bryugge - Arsenal
11/12 01:00 Yuventus - Pafos
11/12 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
11/12 01:00 Benfika - Napoli

Konor Makgregorning eng mashxur iqtiboslari

Konor Makgregorning eng mashxur iqtiboslari

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Irlandiyalik UFC jangchisi ushbu sport turning dunyo bo‘yicha keng tarqalishida juda katta hizmat ko‘rsatgan shaxs sanaladi. Aynan uning chiqishlari va aytgan so‘zlari ushbu sportga bo‘lgan e’tiborning bir necha bor ortishiga sabab bo‘lgani hayratlanarli. Bugun Konor tomonidan aytilgan eng mashxur iqtiboslarni keltirib o‘tamiz.

Har bir inson uni o‘rab turgan odamlarning oynadagi aksi sanaladi. Shu sabab men doimmo yaxshi insonlar qurshovida bo‘lishga intilaman. Maqsadim sari intilishim uchun bu juda muhim. Motivasiya va o‘ziga talabchanlikdan boshqa narsa inson hayotida bo‘lmasligi lozim. Siz albatta o‘z jamoaingizni tuzishingiz va o‘ziga hos bir nechta sirlar egasi bo‘lishingiz kerkak. Do‘stlaringiz va boshqa kasbdagi yaqinlaringiz bu sirlardan voqif bo‘lmasligi shart. Ana shundagina doimmo hech kim kutmagan natijalarga erishishingiz mumkin. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas.


Agarda sening hayotingda nima bo‘lishini avvaldan sezsang, unda tezroq harkat qil. O‘ylagan narsang albatta amalga oshadi.

Minaddor bo‘lishni o‘rganish - insonn juda qudratli mavjudodga aylantiradi. Men hayotdagi mayda narsalar uchun va mayda g‘alabalar uchun minaddor bo‘lishga o‘rgandim. Keyinchalik o‘zim rozi bo‘lgan narsalardanda kattaroq imkoniyatlarga ega bo‘lganimda ham minaddor bo‘lishdan to‘xtab qolmadim. Hayotim davomida pulsiz qolib ketganda ham sira xafa bo‘lmadim, shunchaki barchasi uchun minaddor bo‘ldim.

Har kuni ayolimning qo‘llab-quvvatlashini his etib turish qanchalar yoqimli. U yoshlik chog‘larimda meni o‘z mashinasida mashg‘ulotlar zaliga o‘zi olib borar, yo‘l bo‘yi orzularimni indamay tinglab ketar edi. U doimmo mening yonimda bo‘ldi. U mening haloskorim! Agarda u bo‘lmaganida, hozir hech narsaga erishmagan bo‘lar edim. Hozir nima qilayotgan bo‘lsam, aslida faqat uning uchun qilyapman.

Agarda chempionlik kamari haqida o‘ylamas ekansan UFCda senga joy yo‘q. Hozir UFCdagi aksariyat yigitlarning miyasida birinchi bo‘lish haqidagi fikrning o‘zi yo‘q! Men o‘q uzmay tomosha qilishdan ko‘ra, nishonga tekkiza olmasam ham o‘q uzishni avzal ko‘raman.

Men hech qachon oktagonga pul ishlash uchun ko‘tarilmaganman. UFCda meni ushlab turgan narsa, jang qilishga bo‘lgan menin qiziqishim. Ochig‘i o‘z mashg‘ulotimni juda yaxshi ko‘raman.

Sen o‘zingni qanday ko‘rishingdan boshqa hech narsaning ahamiyati yo‘q. Agarda sen o‘zingni barcha kamarlarning egasi sifatida ko‘rsang, atrofingdagilarning nima deyishini ahamiyati yo‘q. Sen o‘z maqsadingga albatta erishasan. Sening ko‘zlaring nimalarga qodirligingi ko‘rgani bois, ko‘zlaringa hech kim buyruq bera olmaydi. Hammasi doimmo sening qo‘lingda bo‘lgan, faqat sen o‘z kuchinga naqadar ishonishing  barcha narsani xal qilishini unutmasang bo‘ldi.

Hayotga kelishing bilan oldinga ulkan bir maqsadni qo‘y va unga tinimsiz intilishni boshla. Doimmo harakatda va izlanishda bo‘l. Inson qanchalar erkin bo‘lsa, shunchalar o‘z xohishlarining qurboniga aylanaveradi. Avvalo o‘z qo‘rquving, o‘z istaklaring va o‘z orzularingni egasiga aylan. Ana shundagina barchaning mehrini qozonishing mumkin. Atrofingdagi insonlarning mehri va ishonchini his qilsang, har qanday ulkan maqsad bo‘lmasin bir qadam tashlaganingdayoq unga  yetishing mumkin.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:25, 12.10.2019.
O'qildi: 3248 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.