Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Universal Jumping Agro” konkur bo‘yicha xalqaro musobaqaga mezbonlik qilmoqda

“Universal Jumping Agro” konkur bo‘yicha xalqaro musobaqaga mezbonlik qilmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Poytaxtimizdagi muhtasham “Universal Jumping Agro” ot sport klubida FEI JUMPING WORLD CHELLENGE xalqaro musobaqasi o‘tkazildi. Mazkur musobaqa Jahon kubogining sirtqi bosqichlaridan biri hisoblanib, o‘zida mohir konkur ustalarini jamlaydi.

Reglamentga ko‘ra, 3 bosqichning mutlaq g‘olibi kelasi yil Jahon kubogining final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega. Shu bois ham bellashuvlar bir-biridan qiziqarliligi bilan ajralib turdi. 130 sm balandlikdagi to‘siqlarda “Samira” tulporida harakat qilgan Abdushukur Sobirjonov, 120 sm. balandlikda kechgan esa Mirzohid Musayev g‘alaba qozondi.

A kategoriyasi: 130 sm
1. Abdushukur Sobirjonov – SAMIRA
2. Jasur Xotambekov – CHARIZMA
3. Saidamirxon Turg‘unboyev – CHIKAN

V kategoriyasi: 120 sm
1. Mirzohid Musayev – GANS
2. Ismoil O‘tkurov – REYS
3. Abror Karimov – CHARLIZE THERON

Musobaqaning ikkinchi turi 20 oktyabr kuni o‘tkaziladi. 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 15:39, 13.10.2019.
O'qildi: 1288 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик