Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Svetlana Radzivil Tokio-2020 normativini bajarib, to‘rtinchi Olimpiadasiga lisenziya oldi

Svetlana Radzivil Tokio-2020 normativini bajarib, to‘rtinchi Olimpiadasiga lisenziya oldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashrif buyurgan atletlar ham bahs olib borgan turnirning bugun o‘tkazilgan bir qator bahslari terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash sektorida ishtirok etgan hamyurtimiz Svetlana Radzivil 1.96 metr balandlikni zabt etib, oltin medal qatori Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi. Ushbu yo‘nalishda Tokio Olimpiadasining normaviti aynan 1.96 metrni tashkil etardi. Ushbu yo‘nalishda Nadiya Dusanova 1.85 metr bilan shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

Musobaqaning e’tiborli natijalaridan birini Yekaterina Voronina yetti kurash bahslarida qayd etdi. 10 kun muqaddam Qatardagi jahon chempionatida 6099 ochko to‘plagan Voronina bu gal 6238 ochko jamg‘arib, musobaqaning oltin medaliga ega chiqdi.

Shutariqa Svetlana Radzivil faoliyatida to‘rtinchi bor Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritmoqda. Radzivil bungacha Pekin (2008), London (2012) va Rio (2016) Olimpiadalarida ham ishtirok etgan edi. Eslatib o‘tamiz, bu terma jamoamizning Tokio Olimpiadasiga qo‘lga kiritgan o‘n birinchi yo‘llanmasidir.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 19:26, 13.10.2019.
O'qildi: 1565 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик