Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

Izzatbek Turg‘unov: Tokiodagi oltin medalimni Prezidentimga sovg‘a qilaman

Izzatbek Turg‘unov: Tokiodagi oltin medalimni Prezidentimga sovg‘a qilaman

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Miya falajligi – bu markaziy asab tizimining kasalligi bo‘lib, unda miyaning bir (yoki bir nechta) qismi shikastlanadi. Natijada, bemorning qo‘li, oyog‘i, yuz mushaklari, bo‘yni o‘z-o‘zidan, xohishsiz harakatlanadi hamda nutq buziladi. Suhbatimiz qahramoni Izzatbek Turg‘unov ham xuddi shu kasallik bilan 24 yildan buyon kurashib keladi. Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida tug‘ilgan bu yigit Para yengil atletika bo‘yicha umidli sportchilarimizdan biri hisoblanadi. Quyida u bilan uyushtirilgan suhbatni o‘qishingiz mumkin.

-Izzatbek avvalambor o‘zingiz haqingizda gapirib bersangiz.

-Men oddiy oila farzandiman. Otam dehqon, onam o‘qituvchi. Oilada eng kenja farzandman. Mendan oldin 3 ta opam bor. Hozir ularning bari turmushga chiqib, baxtli hayot kechirishmoqda.

-Para yengil atletikaga kirib kelish tarixingiz qanday bo‘lgan?

-Kollejda birga o‘qiydigan do‘stim menga o‘zimni sportda sinab ko‘rishimni maslahat berdi va qaysi murabbiyga borishim kerakligini aytdi. Ochig‘i, bu taklif menga juda ham ma’qul keldi. Chunki, o‘sha paytlarda yengil atletika bilan o‘zim yakka tartibda shug‘ullanib yurardim. Do‘stimning bergan to‘g‘ri yo‘nalishi sabab dastlab respublika chempionatlarida ishtirok etdim va yuqori natijalarni qayd etdim. Natijada, men O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assosiasiyasining Yengil atletika bo‘yicha bosh murabbiyining e’tiboriga tushdim. Shu tariqa mening yulduzli onlarim boshlandi (kuladi).

-Hozircha qanday yutuqlarga erishdingiz?

-2018 yilning mart oyida Xitoyning Pekin shahrida o‘tkazilgan Gran-prida oltin medalni qo‘lga kiritdim. Keyin esa Indaneziyada o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida kumush medalga sazovor bo‘ldim.

-Ushbu yutuqlarga erishganingizdan so‘ng mahalla-ko‘y, qo‘ni-qo‘shni, tanish-bilishlar orasida sizga bo‘lgan munosabatlar o‘zgardimi?

-Albatta. Hozir mahalladagilar meni Izzat deb chaqirishmaydi, chempion deyishadi (kuladi). Ota-onamga rahmatlar aytishadi. Bu esa menga yanada katta mas’uliyat yuklaydi.

-Bilishimcha noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqaga tayyorgarlik haqida ham to‘xtalib o‘tsangiz.

-Tayyorgarlik avjida. Hozirda jahon reytingda 5.69 metr natija bilan 2-o‘rinda boryapman. Maqsadim – Dubaydagi musobaqada ko‘zlagan natijaga erishib, Tokio-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish.

-Orzuingiz...

-Hayotda hech qachon orzu qilishdan charchamayman. Chunki, orzular maqsadlar sari yetaklaydi. Mening eng katta orzularimdan biri kelgusi yil Tokioda oltin medalni qo‘lga kiritib, Prezidentimga sovg‘a qilish. Xudo xoxlasa, albatta bunga erishaman.

Manba: paralympic.uz
Kiritildi: 19:22, 14.10.2019.
O'qildi: 2106 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.