Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Messi o‘ziga qarshi o‘ynagan eng kuchli jamoa nomini aytdi

Messi o‘ziga qarshi o‘ynagan eng kuchli jamoa nomini aytdi

Baho:
+ | -

Katoloniya super klubi sardori Leonel Messi Ispaniyaning RS radiostansiya uchun intervyu berib o‘tdi. Argentinalik futbolchi ushbu intervyuda muxlislarni qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob berib o‘tdi. Ushbu intervyuni e’tiboringizga havola etamiz.  

Qachondir uyingga «Barselona»dan ketish haqidagi fikr bilan kirib kelganmisan?

2013-14-yilgi mavsum oralig‘ida soliqdan qochishda ayblangan edim. O‘sha davrlar mening hayotimdagi eng og‘ir o‘tgan kunlar sifatida yodimda abadiy qolsa kerak. O‘sha yilli men «Barselona»dan ketish haqida o‘ylab qolgan edim. Qaytaraman, soliq muammosi ortidan qanday kunlarni boshimdan o‘tkazganimni faqat men va oilam biladi xolos. Eng qizig‘I shundaki, menga birorta klub rasman taklif bilan chiqmagan. Barcha klubga naqadar sodiq ekanligimni yaxshi biladi.

Ko‘pchilik seni Grizmanni «Barselona»da ko‘rishni istamganing haqida so‘zlamoqda. Shu rostmi?

«Barselona» safida to‘p surish oson ko‘ringani bilan, aslida unday emas. «Barsa» o‘yin falsafasidan xabardor bo‘lmagan futbolchilar uchun klubga moslashib ketish juda mushkul. Antuan bizning klubga kelguniga qadar tamomila o‘zgacha futbol namoyish etgan. Shunday bo‘lsada, uning jamoaga moslashib ketishiga shubhamiz yo‘q. U juda professional va aqlli futbolchi. Uni jamoada ko‘rishni istamasligim haqidagi barcha gaplar yolg‘on. Men o‘tgan yili «Barselona»ga o‘tmagani uchun uni tanqid qilganman. U haqida aytgan barcha so‘zlarim yodimda. Menda hech qachon Antuan bilan muammo bo‘lmagan.

Neymarning PSJda qolgani haqida  haqida nima deysan?

Men uni «Real Madrid»ga o‘tishini taxmin qilgan edim. Sababi, u PSJdan ketmoqchi ekanligini aydi va hammasi hal bo‘ladigandek ko‘ringan edi. Transfer oynasi yopilganida esa, Neymar Parij klubi safida qolishdan boshqa chora topa olmay qoldi.

Valverdening iste’foga chiqarilmaganidan xursandmisan?

Yana qaytaraman, bizning mag‘lubiyatlarimizda Valverdeni ayblash notog‘ri. O‘tgan mavsumdagi omadsizliklarning bosh sababchisi futbolchilar ekanligini kundek ravshan. Klub uning jamoada qolishini istadi va biz bundan xursand bo‘ldik. Biz Ernestoni hurmat qilamiz va qo‘llab-quvvatlaymiz. Agarda boshqa murabbiy jamoa postiga kelsa, katta g‘alabalarni qo‘lga kiritish uchun uni ham yolg‘iz qoldirmasligimiz aniq.

VAR haqida qanday fikrdasan?

Menga VAR manzur bo‘lmoqda, lekin ushbu tehnik qurilmaning ham ko‘plab kamchiliklari mavjud. Afsuski, qurilmadan to‘g‘ri foydalana oladigan  mutaxasisslar juda kam. Avvalari o‘yin davomida bahsli vaziyatlar ko‘p uchrab turar edi. Endilikda VAR mavjud bo‘lsada, muammolar to‘liq hal bo‘lgani yo‘q. Ushbu qurilma barcha gumonlarni yo‘qqa chiqarish uchun o‘ylab topilgan bo‘lsada, shubhalar futbolni tark etgani yo‘q.

Sen kiritgan eng chiroyli gol?

2009-yil Rimdagi YECHL finalida «Manchester Yunayted» darvozasiga bosh bilan kiritgan golimni alohida ta’kidlab o‘tgan bo‘lar edim.

Senga qarshi to‘p surgan eng yaxshi jamoa qaysi?

2010-yilda bo‘lib o‘tgan JCH oldidan Maradona qo‘l ostidagi Argentina terma jamoasi safida Ispaniyaga qarshi maydonga chiqqan edik. O‘sha uchrashuvda Ispaniya terma jamoasi meni hayratda qoldiradigan darajada kuchli futbol namoyish etgan edi.

Sen ishtirok etgan eng yaxshi uchrashuv haqida so‘zlab ber

2010/11-yilgi mavsumdagi YECHL bahslarida «Real Madrid» jamoasi ustidan mehmonda 0 : 2 hisobida g‘alaba qozongan edik. O‘sha uchrashuv mening xotiramdan muqim o‘rin egallagan.

Faoliyating davomida sen bilan ishlagan eng kuchli murabbiy kim?

O‘ylashimcha Gvardiola va Luis Enrike mening futbolchi sifatida o‘sishimga katta yordam bergan murabbiylar.

Qaysi futbolchini jamoangda qayta ko‘rishni istamaysan?

Bunday futbolchining o‘zi yo‘q desam, adashamgan bo‘laman. Jamoamizda to‘p surgan barcha yigitlar bilan do‘stona aloqada bo‘lganman. O‘ylashimcha men haqimda ham barcha futbolchilar shunday fikrda

Ronalduni sog‘inyapsanmi?


Ochig‘i bu mavsumda «Real Madrid» chempionlik uchun jiddiy kurash olib bormoqda. Shunday bo‘lsada, Ronalduning jamoadan ketishi klub o‘yiniga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Darhaqiqatm men Ronalduning Madridda qolishini juda istagan edim. Aynan u sababli klublarimiz to‘qnashuvi o‘zgacha ko‘rinish olar edi. U va mening qarama-qarshiligimiz «el-klassiko»ga qandaydir o‘zgacha tus bera olar edi.

Nega xaligacha katalon tilida so‘zlashmaysan?

Qanchalar urunsamda, bu tilni o‘zlashtira olmadim. Shunga qaramay, bolalarim katolon tilida erkin so‘zlashishmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:11, 16.10.2019.
O'qildi: 17263 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.