Kirish Ro'yxatdan o'tish

Boshqa sport turini tanlagan futbolchilar

Boshqa sport turini tanlagan futbolchilar

Baho:
+ | -

Yaqindagina Afsonaviy darvozabon Piter Chex o‘zining Hokkeydagi debyut uchrashuvini o‘tkazganidan xabaringiz bor. Xo‘sh chexiyalik futbolchi singari boshqa sport turi bilan shug‘ullanayotgan yana qanday futbolchilar haqida bilamiz? Bugun ushbu savolga javob izlashga urunib ko‘ramiz.

Gabriyel Batistuta

Futbol tarixidagi eng yorqin hujumchilardan biri sanaladigan Gabriyel Batistuta haqida eshitmagan muxlis bo‘lmasa kerak. O‘z faoliyatini jarohati tufayli yakunlagan bo‘lsada, qahramonimiz 2009-yilda yana sportga qaytishga qaror qildi va omadini Polo sport turida sinab ko‘rishga qaror qildi.

O‘zining debyut uchrashuvidayoq 2 ta gol kiritgan Gabigol ushbu sport turi bilan jiddiy shug‘ullanishga qaror qildi. Oradan bir yil o‘tib sportchi «Copa Stella Artois» musobaqasida g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘lgani e’tiborga molik.

Bishente Lizarazu

5 ta chempionlik, JCH va YCHl g‘olibi sanaladigan Fransiya futbolining tirik afsonasi o‘z ustida ishlashdan to‘tab qolgani yo‘q. Mana bir necha yillardan beri Jui-Jitsu sport turi bilan shug‘ullanayotgan qahramonimiz yaqindagina ushbu sport turi bo‘yicha Yevropa chempionligini qo‘lga kiritdi. Qachonlardir sobiq futbolchini Patris Evra hashorot deb atagan edi. Umid qilamizki, bask Evraning so‘zlari uchun jazolab o‘tirmaydi.

Eji Dudek



2013-yilda futboldan ketgan Dudek o‘sha yilning o‘zidayoq boshiga poyga shlemini kiydi va pilotga aylandi.

Jo Hart



Angiliyaning eng kuchli darvozabonlaridan biri sanaladigan Jo Hart hozirda ushbu sport turi bilan yarim professional tarzda shug‘ullanmoqda. Futbolchining o‘zi usbu sportga anchadan beri qiziqib kelishini ta’kidlayotgan bo‘lada, unin xolati havas qilgulik emas. O‘z vaqitda sayyoramizning eng kuchli darvozaboni sifatida qayd etilgan Hart Kriket o‘ynayotgani juda achinarli…

Lev Yashin



«Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan yagona darvozabon o‘z vaqida Hokkey bilan ham professional tarzda shug‘ullanganidan ko‘pchilikning xabari bo‘lmasa kerak. Qahramonimiz bir vaqtning o‘zida ikki sport turini sevgan bo‘lsada, mashxurlik unga aynan futbol ortidan keldi.

Rio Ferdinad



Futbol olamidagi eng sovrindor himoyachilardan biri sanaladigan Rio Ferdinand 2017-yilda boks  bilan jiddiy shug‘ullanmoqchi ekanligini e’lon qildi. Rioning aytishicha, Boks tana va ruhning sog‘lom bo‘lishini ta’minlaydigan sport turi ekan. Sobiq futbolchi yangi kasbida katta yutuqlarga erishish uchun qarib qolgan bo‘lsada, bir urunib ko‘rmoqchi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:57, 16.10.2019.
O'qildi: 7591 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.