Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

“Qo‘qon-1912” futbol klubida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

“Qo‘qon-1912” futbol klubida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun “Qo‘qon-1912” futbol klubi ofisida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda jamoa rahbariyati hamda yoshlar jamoasining murabbiylar shtabi ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda U 21 jamoasining so‘ngi o‘yinlardagi qoniqarsiz natijalari masalasi ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda “Qo‘qon-1912” jamoasi prezidenti Baxtiyorjon Tolipov so‘z olib jumladan shunday dedi.

- “Hurmatli o‘rtoqlar barchangizga ma’lumki, so‘nggi paytlarda U 21 jamoasi ko‘rsatyotgan o‘yin va natijalar barchamizni , shu jumladan jamoamiz muxlislarini ranjitmoqda. Kecha bo‘lib o‘tgan “Qizilqum” jamoasi yoshlari bilan o‘yinni stadionda ko‘rib shunday xulosaga kelish mumkinki, futbolchilar birinchi marta maydonga tushayotgandek tasavvur uyg‘otmoqda. Yoshlarimizning turnir jadvalida turgan o‘rni ham barchasini ko‘rsatib turibdi. Bu natijalarda murabbiylar shtabidan tortib barchamizning aybimiz bor. Oxirgi yillarda yoshlar jamoamizdan bironta ham futbolchi asosiy tarkibga o‘tmadi. Vaholanki bu jamoaning asosiy maqsadi asosiy tarkibga futbolchi yetishtirib berish. Mavsum yakuniga qisqa vaqt qoldi, shunday ekan ishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirishimiz kerak. Yoshlar jamoamizga nima yetishmayapti ? Nima uchun seleksiya ishlarida xatoliklarga yo‘l qo‘yildi? Bu savollarga kim javob beradi ? U 21 jamoasi murabbiylariga qolgan 4 ta uchrashuvni ijobiy natija bilan yakunlash, klub vise-prezidenti Vitaliy Nikolayevich Ni hamda jamoa boshlig‘i Shuhratjon Mo‘minovlarga yoshlar jamoasi ustidan nazoratni kuchaytirish vazifasini topshiraman”-dedi jumladan B Tolipov.

Shuningdek yig‘ilishda “Qo‘qon-1912” futbol klubi vise-prezidenti V N Ni va boshqalar so‘z olib , jamoaning yoshlar tarkibi ishtirokidagi o‘yinlarda barcha bir yoqadan bosh chiqarib murabbiylarga yordam berish lozimligini , mavsumning qolgan o‘yinlarida ijobiy natijalar qayd etib muxlislarni xursand qilish lozimligini ta’kidlashdi. . Yig‘ilishda klub rahbariyati tomonidan kelasi yil uchun seleksiya ishlarini hozirdan boshlash lozimligi borasida murabbiylar shtabiga topshiriqlar berildi.

“Qo‘qon-1912” klubi boshqaruv kengashi qaroriga asosan U 21 jamoasi murabbiylar shtabi ogohlantirilib, mavsum oxiriga qadar ularga so‘nggi imkoniyat berildi. Natija o‘zgarmaydigan bo‘lsa , mavsum yakunida tashkiliy masala ko‘rib chiqishi ta’kidlab o‘tildi.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 13:11, 18.10.2019.
O'qildi: 2441 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик