Darhaqiqat, so‘nggi yilarda futbolchilarning maoshi sezilarli darajada ko‘tarilganidan xabaringiz bor. Hozirda hali 20 yoshga to‘lmasdan turib dunyoning eng katta maosh oluvchi futbolchilari qatoriga qo‘shilgan yigitlarga havas qilmaslikning ioji yo‘q. Sezganingizdek, bugun eng katta maosh oluvchi yosh futbolchilar haqida so‘z boradi.
Joa Felish
«Atletiko Madrid» tarixidagi eng qimmat futbolchi sifatida qayd etilgan futbolchi o‘z tengurlari havas qilsa, arzigulik maosh oladi desak, adashmagan bo‘lamiz. Ko‘plab mutaxassislar 19 yoshli futbolchi uchun 126 milliondn voz kechish g‘alati tuyulgan bo‘lsada, ushbu transfer o‘zini to‘liq oqladi. Portgualiyalik futbolchi jamoadan ketgan Grizmaning o‘rnini to‘liq yopishga muvaffaq bo‘layotgani so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Hozirda uning maoshi haftasiga 64 ming yevroni tashkil etmoqda. Bu yiliga 3,5 million yevro degani. Bundan bir mavsum ilgari, yiliga Felishning yillik maoshi 300 ming yevrodan ham kamroq edi. Mana buni o‘sish desa bo‘ladi.
Rayan Sessenyon
«Tottenhem» klubi tomonidan juda uzoq olib borilgan muzokaralardan so‘ng, jamoa safiga qo‘shib olingan Rayan Sessenyon APLda eng katta maosh oluvchi yosh futbolchilardan biri sanaladi. «Shpor»lar futbolchini qo‘lga kiritish maqsadida unga haftasiga 77 ming yevro maosh belgilangan shartnoma taklif qilishga majbur bo‘lishdi. Aynan ushbu shartnomadan so‘ng, futbolchi «Fulhem»da qolishdan bosh tortdi va London klubi safiga o‘tib ketdi.
Rodrigo
Ushbu ro‘yxatning 3- o‘rnini braziliyalik iqtidor egasi Rodrigo ochib beradi. 18 yoshlik futbolchi shu yilning yozida «Real Madrid» jamoasiga «Santos» klubidan 45 million yevro evaziga kelib qo‘shildi. O‘z vaqtida ikkinchi Neymar deb atalayotgan futbolchi uchun kurashda «Barselona» bilan raqobatlashgan «qirollik klubi» futbolchi uchun haftasiga 83 ming yevro maosh belgilangan shartnoma taklif qilgachgina, Rodrigo «Real Madrid»ni tanladi. Qahramonimiz o‘z tengurlari haftasiga 200 yevro maosh olayotgan bir paytda, millionerga aylanib ulgurgani hayratlanarli.
Vinicius Junior
Bir necha muddat dunyoning eng katta maosh oluvchi yosh futbolchilari ro‘yxatini boshqarib turgan «Real Madrid» futbolchisi o‘tgan mavsumni ajyib tarzda o‘tkazdi. Intiluvchan va ajoyib tehnika egasi sifatida tezda tanilgan yarim himoyachi haftasiga 145 ming yevro maoshni to‘liq oqlamoqda. Shunday bo‘lsada, Junior yangi mavsumda rahbariyatdan o‘z maoshini yiliga 10 million yevroga ko‘tarishlarini talab qilmoqda. Madrid klubi futbolchiga javob berganicha yo‘q, lekin katta ehtimol bilan Vinisius tez orada dunyoning eng katta maos oluvchi yosh futbolchiga aylanadi.
Jeydon Sancho
«Borussiya Dortmund» jamoasi bilan avvaliga haftasiga 76 ming yevro maosh ko‘rsatilgan shartnomaga imzo chekkan Jeydon mavsum o‘rtasda shu qadar kuchli fubol namoyish etdiki, uning transfermarketdagi narxi 100 million yevrogacha ko‘tarilib ketdi. Futbolchining atrofida esa, ingiliz klublar o‘ralashib qoldi. Futbolchini uzoqroq muddatga jamoada olib qolishni mo‘ljallagan Dortmund klubi Sanchoning maoshini 210 ming yevroga qadar ko‘tarib qo‘ydi. Nemis klubi shu yo‘sinda futbolchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiribgina qolmay, futbolchini ortiqcha bosimdan halos etdi va eng muhimi uning transfer narxini o‘zi belgilash huquqini qo‘lga kiritdi. 19 yoshlik Jeydon Sancha esa, sayyoramizning eng badavlat yosh futbolchilaridan biriga aylandi.