Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Muhsin Muhammadiyev: «Lokomotiv»ni g‘alaba bilan tabriklayman»

Muhsin Muhammadiyev: «Lokomotiv»ni g‘alaba bilan tabriklayman»

Baho:
+ | -

 "Lokomotiv"ga qarshi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Buxoro" bosh murabbiyi Muxsin Muhammadiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Ochig‘ini aytaman, o‘yinimiz o‘xshamadi. O‘rtadagi tanaffus ham bunga ta’sir qildi deb o‘ylayman. O‘rtada o‘zimizning imkoniyatlarimizni yo‘qotib qo‘ydik. Endi barchasini boshqatdan boshlab, imkoniyatlarni yig‘ib olish kerak. Yigitlar harakat qilishdi. Afsuski, mag‘lub bo‘ldik. Bu yerda o‘yindan oldin maydonni sug‘orishar ekan. Biz esa umuman boshqacha bo‘lgan qattiq maydonda mashg‘ulot olib boramiz. Uni sug‘orishning imkoniyati yo‘q. Umuman olganda raqiblarda juda ko‘plab vaziyatlar bo‘ldi. Agarda o‘yinning avvalida yaratilgan ikki vaziyatdan unumli foydalanganimizda o‘yin surati boshqacha ketishi mumkin edi. Shuningdek, uchrashuv 1:0 bo‘lib turgan paytda "Loko" futbolchisi o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynagandi. Ushbu vaziyatni ko‘rib chiqish kerak.

- Boshqa klublarda ko‘plab futbolchilar termada o‘ynashadi. "Buxoro"da esa deyarli jamoaning barcha futbolchilari mashg‘ulotda qatnashmoqda. Buning ham ta’siri bormi?

- Albatta, ta’siri bor. 4-5 kun dam olgandan keyin ko‘p narsa o‘zgarib ketadi. Futbolchilar navbatdagi mashg‘ulotlarda o‘zlarini ko‘rsata olishlari qiyin bo‘ladi. Barcha futbolchilarning o‘ziga xos hususiyatlari bo‘ladi. “Lokomotiv”da esa bunga boshqacha qaraladi va shu boisdan ular o‘yinga yaxshi holatda kelishdi.

- So‘nggi 3 o‘yinda jamoa kuchli raqiblarga qarshi bahs olib bordi: "Nasaf", "Bunyodkor" va "Lokomotiv". Siz qo‘lga kiritilgan 4 ochkodan mamnunmisiz?

- Mamnun emasman. Agarda bugun yaxshiroq holatda kelganimizda mag‘lubiyatga uchramagan bo‘lardik. Shuningdek, o‘yin yakuni arafasida uchta o‘zgartirishdan keyin bir futbolchimiz jarohatlandi. "Lokomotiv" esa birinchi bo‘limda darvozamiz oldida birorta vaziyatga ega bo‘lmadi. "Lokomotiv"ni g‘alaba bilan tabriklayman.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:35, 20.10.2019.
O'qildi: 2694 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.