Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

A seriya. «Yuventus» yana bir qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi (videosharh)

A seriya. «Yuventus» yana bir qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining ushbu mavsumi «Yuventus» uchun ancha qiyin kechmoqda. Sarri shogirdlari o‘tkazilgan 8ta o‘yinning faqat bittasida raqibni 2ta to‘p farqi bilan mag‘lub etdi. Qolgan barcha o‘yinlar yo bitta to‘p farqi bilan g‘alaba, yoki durang bilan yakunlandi.

«Bolonya»ga qarshi o‘yinni turinliklar faol boshlab, asta-sekin bosimni oshirib borishdi. Uchrashuvning 20-daqiqasiga kelib, bu o‘z samarasini berdi. Ronalduning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza to‘riga borib tushdi.

Mehmonlar esa tezda hisobni tenglashtirishdi. Danilo Larangeyra burchak zarbasidan so‘ng to‘pni darvoza "to‘qqizligi"ga joylab qo‘ydi.

Maydon egalari tanaffusga qadar boshqa xavfli vaziyat yarata olishmadi. Ikkinchi bo‘limni esa katta ishtiyoq bilan boshlab, yana oldinga o‘tib olishdi. Gol muallifi — Miralem Pyanich.

O‘yin oxiriga qadar "keksa sinyora" gol urish bir qator imkoniyatlarga ega bo‘ldi. "Bolonya" posbonining seyvlari evaziga to‘p darvozaga kirmadi. O‘yin so‘ngida esa bolonyaliklar hisobni tenglashtirish uchun 2ta imkoniyat ega bo‘lishdi. Bir vaziyatda to‘p to‘singa tekkan bo‘lsa, bir vaziyatda Buffon qutqardi.

Shu tariqa, "Yuventus" A seriyada mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirmoqda va o‘z ochkolarini 22taga yetkazib oldi.

Italiya chempionati, 8-tur
Yuventus – Bolonya 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 19 Ronaldu, 1:1 – 26 Larangeyra, 2:1 – 54 Pyanich.
Yuventus – Buffon, de Ligt, Aleks Sandro, Bonuchchi, Rabyo (Matyuidi, 73), Kuadrado, Pyanich, Xedira (Bentankur, 62), Bernardeski, Ronaldu, Iguain (Dibala, 82).
Bolonya – Skorupski, Bani, Larangeyra, Mbaye, Kreychi, Soriano, Svanberg (Olsen, 80), Orsolini, Poli (Djemaili, 82), Sansone (Santander, 80), Palasio.
Ogohlantirishlar: Sansone (22), Rabyo (29), Bentankur (70), Larangeyra (84), Bani (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 04:29, 20.10.2019.
O'qildi: 5361 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.