Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Aleksandr Xomyakov: “Natija adolatli bo‘ldi“

Aleksandr Xomyakov: “Natija adolatli bo‘ldi“

Baho:
+ | -

“Nasaf“-“Andijon“ jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Andijon“ jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etib, bellashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- O‘zingiz guvohi bo‘ldingiz, biz Qarshida yana bir bor mag‘lubiyatga uchradik. O‘zbekiston kubogi 1/8 finalida ham 3:0 hisobida imkoniyatni boy bergan edik. Bugun yana o‘sha ssenariy takrorlandi. Afsuski biz o‘z darvozamiz daxlsizligini saqlay olmadik. 3ta goldan ikkitasini standart vaziyatlardan o‘tkazib yubordik. Kubok bellashuvida ham aynan shunday bo‘lgan edi.

- Bugungi asosiy vazifamiz himoyada tartibli harakat qilib, qarshi hujumlardan to‘g‘ri foydalanish edi. Ammo bugungi rejamiz ish bermadi. Natija adolatli bo‘ldi. “Nasaf” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman.

- Jamoaning oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad mavsum so‘ngiga qadar imkon boricha turnir jadvalida yuqorilash. Noxush vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilamiz. Chunki keyingi to‘rtda o‘yinni o‘z uyimizda o‘ynaymiz.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 13:53, 20.10.2019.
O'qildi: 2120 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик