Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Ronalduni kimlar yomon ko‘radi?

Ronalduni kimlar yomon ko‘radi?

Baho:
+ | -


Darhaqiqat, futbol olamida barchaga birdek yoqishning sira iloji yo‘q. Ayniqsa, mashxurlikning eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan bo‘lsangiz bormi, atrifindagizda sizni yoqtirmaydigan insonlar soni ko‘paya boshlaydi. Zamonaviy futboldagi eng kuchlilardan biri sanaladigan Portugaliyalik futbolchini yomon ko‘radigan futbolchilar bor desam ishonasizmi? Bugun ushbu mavzu asosida tarixga kichik sayohat o‘tkazamaiz.

Rud Van Nistelroy


Gollandiyalik futbolchi «Manchester Yunayted»da to‘p  surib yurgan chog‘lari Ronaldu hali u qadar mashxur emas, asosiy tarkibga endigina kirib kelgan yigit edi. Nistelroy Ronalduning ilk bor maydonga tushgan o‘yinidan so‘ng, uni to‘pni uzatmaslida ayblagan va yengilgina urushib bergan edi. Avvaliga bunga e’tibor qaratmadim. Bu vaziyat qanchalar kulguli tuyulmasin, har o‘yindan so‘ng davom eta boshladi. Ayniqsa, 2005/6-yilgi mavsumdagi o‘yinlarning biridan so‘ng Rud Krishga «maydonda ortiqcha fint ishlatib to‘p uzatishni unutyapsan. Sendan hech qaday naf yo‘q»,-deb baqirib ketdi. Ronaldu ham unga javob qaytardi. Men vaziyatni yumshatish uchun ularni oldiga borayotgan edim Rud Ronalduga musht tushirdi. Men darrov Krishni to‘sdim va Rudning yuziga musht tushurdim. U qalqib ketdi, lekin tezda o‘zini o‘nglab men tomon otildi. Chap berib qoldim. Shu payt kiyinish xonasiga Boss kirib keldi va barcha tinchlanib qoldi. Bo‘lib o‘tgan hodisadan xabar topgan murabbiy Ronalduning yonini oldi va Rudga seni tez orada sotib yuboramiz dedi. O‘sha janjaldan so‘ng, Nistelroy birorta o‘yinda maydonga tushmadi va «Real Madrid»ga o‘tib ketdi.

Rio Ferdinandning avtobiografiyasi haqida yozgan kitobidan parcha

Rafa Benitez


Qanchalar g‘alati tuyulmasin, Ispaniyalik murabbiyning «Real Madrid»dagi omadsiz faoliyatiga aynan Ronaldu bilan bo‘lgan janjal sabab bo‘lgan. Ispaniyalik murabbiy klubga yangi kelgan murabbiynin birinchi mashg‘uloti chog‘idayoq klub ba’zasini juda erta tark etadi. O‘zining bunday yo‘l tutishini esa, Rafaning noto‘g‘ri mashg‘ulot o‘tkazishidan qoniqmaganligi bilan oqlaydi. Oradan bir hafta o‘tgach, futbolchi klub ba’zasida jamoadoshlari bilan ikkiga bo‘linib futbol o‘ynayotganida kiritgan golini Benitez inobatga olmagani bois, yana mashg‘ulotni jaxl bilan tark etadi. Aynan shu hodisalar paytida Rafa jurnalisltar bilan bo‘lgan matbuot anjumanida o‘zi murabbiylik qilgan futbolchilar ichida Ronaldu eng zo‘ri emasligini aytgach, hammasi batamom jiddiy tus oladi. Portugaliyalik futbolchi o‘z ijtimoiy ratmog‘larida ochiqchasiga Benitezni kuchsiz murabbiy deb e’tirof etadi va «Barselona»dan uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng, klub rahbarlari bilan uchrashishga qaror qiladi. Mavsum o‘rtasida Florentina Perez bilan ko‘rishgan Portugaliyalik futoblchi Madrid klubiga o‘z shartini qo‘yadi. Unga ko‘ra, klub yo uni yoki murabbiyni tanlashi lozim edi. Klub prezidenti ko‘p o‘tmay Benitezni o‘z vazifasidan ozod etgachgina, Ronaldu o‘z ritmida to‘p surishda davom etadi. Hozirga qadar «Madrid» klubining aksariyat muxlislari Rafa Benitezning Madriddagi omadsiz faoliyati tagida Portugaliyalik futbolchining imzosi borligidan bexabar bo‘lsa, ajab emas.

Buddaga sig‘inuvchilar



2016-yild suratga tushishni hush ko‘ruvchi Ronaldu o‘z ijtimoiy tarmog‘lariga Budda haykali bilan tushgan suratini joylaydi.  Oradan bir necha soat o‘tgach, ushbu surat yashin tezligida internet olamida shov-shuvga sabab bo‘ladi. Gap shundaki, portugaliyalik futbolchi suratga tushayotganda Budda haykaliga oyoq qo‘ygan va shu yo‘sinda ushbu haykalning o‘zi uchun hech narsani anglatmaslligiga ishora qiladi. Aynan ushbu suratning omma yuzini ko‘rishi butun dunyudagi Buddaga sig‘inuvchilarda katta norozilik uyg‘otadi. Futbolchining barcha suratlarining tagida negative izohlar soni keskin ortib ketadi. To‘g‘ri, keyinchalik futbolchi ushbu suratni o‘chirib tashladi, biroq Buddaga sig‘inuvchilardan uzr so‘rashdan bosh tortdi. Ko‘p o‘tmay, o‘z intervyularidan birida kechirim so‘raydigan darajada yomon ish qilmaganini e’lon qilgach, ushbu dinga e’tiqod qiluvchi insonlarning abadiy dushmaniga aylandi.


Simao Sabrozo


2010-yilda Portugaliya terma jamoasi sardori va yetakchisi sifatida to‘p surgan futbolchi Simao Sabrozo Ronalduni yoqtirmaydigan hamkasblarining eng oldi qatoridan joy olgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Gap shundaki, 2010-yilda Ronaldu o‘z o‘yinidan shu qadar ilholanib ketadiki, terma jamoadagi sardorlik bog‘ichi aynan o‘ziga tegishli bo‘lishi istaydi. Bu paytda terma jamoaning faxriysi Samao terma jamoadagi futbolchilar tomonidan sardor etib tayinlangan va kiyinish xonasidagi chinkam faollardan edi. Ronaldu o‘z istagini Portugaliya futbol federasiyasiga ma’lum qilganida, avvaliga rad javobini oladi. Ushbu javobdan ko‘ngli to‘lmagan Krish terma jamoada to‘p surishdan voz kechmoqchi ekanligini aytadi. Oqibatda, Portugaliya futbol federasiyasi Simaodan sardorlik bog‘ichini tortib oladi va Ronalduga topshiradi. Ushbu voqeyadan so‘ng, Simao ortiqcha gap-so‘zlarsiz terma jamoadai faoliyatiga nuqta qo‘yadi. Futbolchi bu haqida hech narsa demagan bo‘lsada, uning turmush o‘rtog‘i Portugaliya futbol nashrlaridan biriga ushbu mavzuda katta intervyu beradi. Unda Ronaldu sababli erining naqadar chuqur depressiyaga tushib qolgani, Krishning egoizmi haqida so‘z borgan bo‘lsada, ushbu intervyu oradan ko‘p o‘tmay nomalum insonlar tomonidan internet tarmog‘idan butkul yo‘q qilinadi.

Xavi va Pike



Bunday o‘ylab qaralsa, «Barselona» futbolchilarining deyarli barchasi Ronalduni xush ko‘rishmaydi, biroq ular orasida Xavi va Pike alohida ajralib turishadi desak, adashmagan bo‘lamiz. 2015-yilda Xavi o‘z intervyularidan birida Ronaldu va Messi haqida shunday degan edi: “Ronaldu va Messi? Faqat «Real»ning muxlislariga ularni solishtirib ko‘rishadi. Butun dunyo Messining Ronaldudan ustun ekanligini bilib bo‘lgan.”

Ushbu intervyudan so‘ng, Ronaldu javobni uzoq kuttirib o‘tirmadi. Oradan bir hafta o‘tgach, futbolchi o‘yin oldi jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda quyidagi so‘zlarni aytdi : «Men internetda o‘zim haqimda ma’lumot qidirmaydigan kamsonli insonlarda biriman. Mening mashxurligim barchaga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Xavining so‘zlarini to‘g‘ri tushunish mumkin. U shu yo‘sinda barchaning e’tiborini qozonishga urungan. Bechora Xavi!»

Ushbu intervyu shu qadar mashxur bo‘lib ketdiki, Xavi tezda javob qaytardi. Ronaldu esa, o‘z uslubiga sodiq qoldi va Xavi mavzusida boshqa hech narsa demadi. Ispaniyalik futbolchi xozirda Osiyo qit’asida faoliyat olib borayotgan bo‘lsada, OAV bilan bo‘ladigan suhbatlarda Ronalduning manziligi «ajoyib» so‘zlarni yo‘llashdan o‘zin tiyib tura olmaydi. Uning sobiq jamoadoshi Pike mana 10 yildan beri Ronaldu haqida turli xazillarni o‘ylab topish bo‘yicha yetakchilardan biri.

U Krish «Yuventus»ga o‘tib ketgach ham portugaliyalikka bo‘lgan tanqidiy qarashini o‘zgartirgani yo‘q. O‘zining so‘nggi intervyularidan birida «Ronaldu Yoshi o‘tib qolgani bois, kuchsizroq chempionatga qochb ketdi, Ispaniyada uning davri tugaganini allaqachon sezgani bois, vaqtida ketdi…» degan bo‘lsada, Krish intervyuni javobsiz qoldirdi. Portugalyalik futbolchi Madridga endi kelganidan tez-tez Pike bilan «fikr almashib» turar, maydonda ham imkon boldi deguncha «cho‘qishib» olar edi. Keyinchalik Krish anglab yetdiki, Pike bilan gap talashishdan hech qanday naf yo‘q. shundan so‘ng, Ronaldu uning chaqiruvlariga javob bermay qo‘ydi. Ayni damda Pike Ronalduning maydon ichida va uning tashqarisida amalga oshirayotgan ishlarini kuzatib keladi va fursat topishi bilan u haqidagi negative fikrlarini ijtimoiy tarmoqdalarda e’lon qiladi. Mana buni chinakam adovat desa, bo‘ladi!

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 12:00, 21.10.2019.
O'qildi: 9506 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.