Kirish Ro'yxatdan o'tish

Hasanboy Do‘smatov professional ringda kutilganidan oldinroq debyut qilishi mumkin

Hasanboy Do‘smatov professional ringda kutilganidan oldinroq debyut qilishi mumkin

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning birinchi o‘ta yengil (-48,99 kg) vazn toifasida ringga chiqishi kutilayotgan Hasanboy Do‘smatov noyabr oyining o‘zida bir yo‘la ikkita jang o‘tkazishi mumkin. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bokschi 10 noyabr kuni Xitoyyning Fujou shahrida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida o‘zining debyut jangini o‘tkazishi mumkin. Manbalarning qayd etishicha, Hasanboy mazkur boks oqshomida xitoylik De Bin Ju (3-1-1, 2 KO) bilan ringga ko‘tarilishi mumkin. Raqib o‘zgarishi ham ehtimoldan xoli emas.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Hasanboy Do‘smatov 30 noyabr kuni Monakodagi boks oqshomida debyut qilishi xabar qilingandi. Boshqa manbalarga ko‘ra esa u birinchi jangidayoq jahon chempionlik kamariga tushishi mumkinligi aytilgandi.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 14:38, 22.10.2019.
O'qildi: 2095 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик