Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

«Barselona» Grizmann ishi bo‘yicha «Atletiko»ga 15 mln yevro to‘ladi

«Barselona» Grizmann ishi bo‘yicha «Atletiko»ga 15 mln yevro to‘ladi

Baho:
+ | -

«Barselona» va «Atletiko» klublari Antuan Grizmann ishi bo‘yicha o‘zaro norasmiy kelishuvga erishishdi. Bu haqda El Mundo va As nashrlari xabar tarqatdi.

"Ko‘k-anorranglilar" fransiyalik futbolchi bilan muddatidan avval muzokara boshlagani uchun «Atletiko»ga 15 million yevro to‘laydigan bo‘ldi. Kelishuvga ko‘ra, "matraschilar" Grizmann agentining "Barsa" bilan yozishmalarini keng ommaga oshkor qilmaydigan bo‘lishdi.

Shuningdek, mazkur kelishuv doirasida «Barselona» madridliklar 5 nafar futbolchisining birinchi bo‘lib sotib olish huquqini qo‘lga kiritishdi. Ular orasida Xose Ximenes va Saul Niges kabi futbolchilar bor. Kataloniyaliklar bu huquqni to‘laqonli qo‘lga kiritish uchun 3ta shart bajarilishi kerak: futbolchining «Atletiko»ni tark etish istagi, "Atletiko"ni qoniqtiradigan summa va jamoaning o‘yinchini sotish xohishi.

Har ikkala klub to‘langan summa Grizmann ishiga bog‘liq ekanini inkor qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Grizmann 2019 yilning 1 iyulidan keyin 120 million yevro evaziga «Barselona» safiga o‘tgan edi. Bu sanagacha — "ko‘k-anorranglilar" futbolchi bilan muzokarani boshlagan paytda uning transfer summasi 200 mln yevro teng bo‘lgan edi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 15:25, 22.10.2019.
O'qildi: 6293 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик