Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

O‘zbekiston kubogi finali oldidan matbuot anjumani muxlislar qarshisida — “Samarqand darvoza”da bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston kubogi finali oldidan matbuot anjumani muxlislar qarshisida — “Samarqand darvoza”da bo‘lib o‘tadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Professional futbol ligasi Coca-Cola O‘zbekiston kubogi finalini yuqori saviyada tashkil etish yo‘lida “Samarqand darvoza” savdo-ko‘ngilochar markazi bilan kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra, final oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari hamda futbolchilari ishtirokidagi matbuot anjumani Toshkent markazida joylashgan “Samarqand darvoza”da bo‘lib o‘tadi.

Rejaga ko‘ra, Shota Arveladze ham, Mirjalol Qosimov ham matbuot anjumaniga jamoaning yetakchi futbolchilari bilan tashrif buyuradi. Bunda anjuman odatdagi ko‘rinishda emas, bayramona ruhda o‘tishi asosiy ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonni istalgan futbol muxlisi kuzatib borish imkoniyatiga ega.

Coca-Cola O‘zbekiston kubogi g‘olibiga topshiriladigan yangi sovrin ham shu kuni “Samarqand darvoza”ga olib kelinadi. Istovchilar uning fonida futbolchilar hamda murabbiylar bilan suratga tushishlari mumkin.

“Paxtakor” va AGMK klublari muxlislari o‘z suyukli futbolchilaridan dastxat olish, ular bilan yuzma-yuz suhbatlashish imkoniyatga ega bo‘lishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, “Samarqand darvoza” savdo-ko‘ngilochar markazidagi tadbir 25 oktyabr — juma kuni soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 22:21, 22.10.2019.
O'qildi: 2539 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик