Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

Bektemir Meliqo‘ziyevning jangi tasdiqlandi

Bektemir Meliqo‘ziyevning jangi tasdiqlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (2-0, 2 KO) yilning eng markaziy boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashriga bokschining menejeri Alik Frolov ma’lum qildi.

Frolovga ko‘ra, Bektemir Meliqo‘ziyev 2 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida ringga chiqishi rasman tasdiqlangan. U mintaqaviy chempionlik kamari uchun ringga chiqishi lozim. Ahamiyatli tomoni mazkur boks oqshomining markaziy jangida afsonaviy Saul “Kanelo” Alvares (51-1-2, 35 KO) rossiyalik Sergey Kovalyovga (34-3-1, 29 KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Bektemir aynan shu boks kechasining kardida ringga chiqadi. Janglar Las-Vegasdagi mashhur MGM Grand saroyining “Garden Arena”sida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Meliqo‘ziyev fransiyalik mashhur bokschi, besh karra sobiq jahon chempioni, to‘rt karra jahon chempionlik kamari uchun janglarda ishtirok etgan Hassan NʼDam NʼJikamga (37-4, 21 KO) qarshi ringga ko‘tarilishi haqida xabar bergandik. Ayni vaqtga qadar muzokaralar davom etmoqda. Bu borada “Mir boksa“ vakiliga murojaat qilganimizda, 1-2 kun ichida raqib aniq bo‘lishi va rasman tasdiqlanishini bildirib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Bektemir Meliqo‘ziyev “Mir boksa” promouterlik kompaniyasi bokschi bo‘lib, uning janglarini tashkil etish huquqini sobiq boks yulduzi Oskar De La Xoyyaga qarashli Golden Boy promouterlik kompaniyasi qo‘lga kiritgan. 2 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan boks oqshomini ham aynan Golden Boy promouterlik kompaniyasi tashkillashtiradi.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 13:45, 23.10.2019.
O'qildi: 2514 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.