Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Lukas Santos joriy yilning yanvar oyida «Vasko da Gama» klubidan qanday ko‘chib o‘tganligi haqida so‘zlar berdi.
«Nima uchun yanvar oyidagi birinchi transfer amalga oshmagandi? “Vasko Da Gama”ning katta yoshdagi klubi bilan Espiritu-Santu shahriga o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazishga ketgandik.Tushlik qilib bo‘lganimizdan so‘ng, klub rahbarlaridan biri meni o‘z yoniga chaqirib: «Seni SSKAga sotib yubordik. Rioga qaytib, narsalaringni yig‘ishtirib, Rossiyaga ketishga tayyorgarlik ko‘rib tur” dedi. Agentim ham qandaydir muzokaralar bo‘lib o‘tayotganligi, yaqin kunlar ichida ushbu transfer amalga oshib ketishi haqida gapirgandi, lekin men mayda detallariga e’tibor bermagandim.
Mening transferim haqidagi xabarlar zudlik bilan OAV orqali tarqalib ketdi. «Vasko» muxlislari klub prezidentiga o‘z noroziliklarini bildirishdi. Klub rahbari biroz pauza qilish kerakligini so‘radi. Men g‘azablandim, albatta. Biroq, ishlashda davom etdim. O‘ylaymanki, Yaratgan har birimizni taqdirimizni belgilab qo‘ygan. Hamma narsa vaqti soati bilan ro‘y berarkan. Peshonamga SSKAda o‘ynash yozilgan ekan, mana faoliyatimni shu yerda davom ettiryapman», — Santosning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport24.













