Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Konte: “Inter” endi YECHL pley-offiga chiqishga kurashadi”

Konte: “Inter” endi YECHL pley-offiga chiqishga kurashadi”

Baho:
+ | -

Italiyaning «Inter» klubi bosh murabbiyi Antonio Konte 3-tur doirasida Germaniyaning «Borussiya» klubi ustidan qozonilgan g‘alaba haqida so‘zlab berdi. Italiyada bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuv 2:0 hisobida “Inter” foydasiga hal bo‘ldi.

«Borussiya» o‘yin taktikasini o‘zgartirdi, ular 5 ta himoyachi bilan o‘ynashni boshladi.Bu ularning bizdan qo‘rqayotganidan dalolat edi. Juda qiyin bo‘lgan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rgandik. Moslashishimiz oson kechdi. Tanaffusdan keyin «Borussiya» 4-2-3-1 sxemasiga qaytdi va biz o‘yinni nazorat qilish uchun moslasha boshladik.

Maydonning ma’lum joylarida raqibga pressing uyushtirishni rejalashtirgandik. Ular sxemasini o‘zgartirishganidan so‘ng, bu ishni amalga oshirishimiz biroz qiyin kechdi. Men yigitlarga asosiysi to‘pni maydon markazida yo‘qotmasligimizni, ular aynan maydon markazidan qarshi hujum boshlashlari haqida tushuntirdim.

 «Borussiy» klubiga qarshi o‘ynash qiyin, ular juda kuchli jamoa. Pley-offga osonlik bilan chiqib bo‘lmaydi, biroq, biz bu uchun kurashamiz», — dedi Konte Football Italia bilan suhbatda.

Kiritildi: 15:09, 24.10.2019.
O'qildi: 4230 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик