Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya 2-2 Real Madrid
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq - Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi - Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao

Hames yana quvg‘in bo‘ladimi?

Hames yana quvg‘in bo‘ladimi?

Baho:
+ | -1

Seshanba kuni «Real» Istanbulda juda qiyin uchrashuv o‘tkazgan bo‘lsada, kerakli natijani qayd etishga muvaffaq bo‘lganidan xabaringiz bor. Bir qarashda o‘zining ikkinchi imkonidan foydalanayotgandek ko‘ringan Hames Rodriges ikkinchi bo‘limdagina maydonga tushdi. Hozircha kolumbiyalik futbolchi jamoadagi yarim himoyachilar qatorida eng nomdorlaridan biri bo‘lib turgan bo‘lsada, uning Madridda qolishi katta savol ostida turibdi. Xo‘sh hozirda Zidan qo‘l ostidagi yarim himoyachilarning ahvoli va klubda tutgan o‘rni qanday? Bugun ushbu savolga javob izlashga urunib ko‘ramiz.

Kazimiro

Asosiy tarkibning almashtirib bo‘lmas futbolchisi sanaladigan Kazimoro Zidanning eng yoqimtoy futblchisi sanalishi hech kimga sir emas. Ushbu mavsumda qahramonimiz maydon markazidagi barcha nuqtada mehnat qilishga muvaffaq bo‘lgan e’tiborga molik. Aynan uning ishonchli o‘yini tufayli «Real Madrid» qanotlardan foydalangan xolda pozision hujumga o‘tishi yki tezkor qarshi hujumga o‘tib ketishi mumkin. Hozirda Kazimiro klubdagi yarim himoyachilar ichida eng foydalisi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Luka Modrich

Amaldagi «oltin to‘p» egasi Zidan tomonidan qadrlanadiganlar sirasiga kiradi. Ushbu mavsumda jarohatlarga o‘ralashib qolgan bo‘lsada, Zidan uning asosiy tarkibdagi o‘rnini mustahkamlab bormoqda. Modrich Zidan o‘yin falsafasiga ko‘ra, «qirollik klubi»ning miyasi vazifasini bajaradi. Aslida ushbu pozisiya Hames Rodrigesniki bo‘lsada, Kolumbiya terma jamoasi sardori 34 yoshlik xorvatni chetga surib tashlay olmayapti.

Toni Kroos

Mavsum boshida ko‘plab muxlis va mutaxassislar germaniyalik futbolchining kelajagiga shubha ko‘zi bilan qarashgani rost. Quvonarlisi shundaki, Kroos o‘zining avvalgi sport formasini tiklab olishga muvaffaq bo‘ldi va o‘ta sifatli futbol namoyish etmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda «Real Madrid»ning o‘yin tempini belgilab berayotgan yarim himoyachi YCHL doirasidagi uchrashuvlarda ham o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki Toni o‘zining maydon markazidagi o‘rnini hech kimga berib qo‘ymoqchi emas.

Fede Valverde

21 yosh bo‘lishiga qaramay, urugvaylik yarim himoyachining maydondagi harakatlari tahsinga sazovar. Ushbu mavsumda Hamesdan ko‘ra ishonchliroq ko‘rinayotgan Valverde «Galatasaray»ga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 79-daqiqaga qadar to‘p surdi. Fede 79 daqiqa davomida Zidan tomonidan berilgan barcha vazifani a’lo darajada bajardi va muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi. Uning o‘rniga maydonga tushgan Hames Rodriges esa, o‘yin tempini pasaytirib yubordi. Balki u Zidandan aynan shu ko‘rsatmani olib maydonga tushgandir? Yana kim biladi deysiz?

Hames Rodriges

Bir qarashda futbolchining «Bavariya»dan qaytib kelishi barcha narsani o‘zgartirib yuborgandek bo‘lsada, aslida hammasi o‘z o‘rnida turibdi. Zidan haligacha Hamesga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirganicha yo‘q. Hozircha qahramonimiz yuqorida nomi zikr qilingan futbolchilardan biri o‘yinda qatnasha olmasagina asosiy tarkibda ko‘rinish bermoqda. Aks xolda, uchrashuvni Zahira maydonida kuzatishdan boshqa chora topa olmayapti.

Isko

Ispaniyalik yarim himoyachi bu mavsumda Zidan tomonidan unutib qo‘yilganlar ichida peshqadam. Afsuski futbolchinin o‘yini Santiyago Solari davrida keskin pasayib ketdi va Izko ancha vaqt o‘tgan bo‘lsada, sport formasini tiklay olmayapti. Futbolchi katta ehtimol bilan o‘z faoliyatini keying mavsumda boshqa klubda boshlasa, ajab emas.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 19:42, 25.10.2019.
O'qildi: 6801 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.