Italiyalik mutaxassis o‘z qo‘l ostidagi futbolchisini maqtadi.
Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiyi Maurisio Sarri jamoa yarim himoyachisi Miralem Pyanich haqida iliq fikrlarni bildirdi:
«Pyanich ajoyib futbolchi, uning o‘yinlari doim menga yoqqan. Men uning oldiga yangi vazifa qo‘yganman, bu vazifa ortidan uning maydondagi o‘rni o‘zgarmagan. Pyanich yaxshi o‘ynamoqda, yuqori saviyadagi futbol namoyish etmoqda».













